Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: yaponiyalik mopedining orqa g‘ildiragida 13 soat yo‘l bosdi
Foto: YouTube/Guardian Sport
Yaponiyalik mototsiklchi Masaru Abe o‘zini Wheelie King (G‘ildirakli qirol) deb ataydi. U o‘z mopedining old g‘ildiragini ko‘tarib olgan holda 500 km.dan ortiq masofani bosib o‘tdi. U 25 yil muqaddam o‘rnatilgan rekord hisoblanuvchi 330 km.lik masofani o‘zgartirgan. Ta'kidlanishicha, Abe masofani 600 kilometrga yetkazishni rejalashtirgan, biroq 13 soatdan keyin u o‘ta kuchli og‘riqdan aziyat chekkan.
U Yaponiyaning Kawaguchi Auto Race avtodromida o‘z natijasiga erishgan. 33 yoshli mototsiklchi 125 kub santimetr hajmli motorga ega mopeddan foydalangan. Yoqilg‘ining uzluksizligini ta'minlashda rulga o‘rnatilgan almashtiriluvchi konteynerdan foydalanilgan.
Harakatlanishga ruxsat berilganidan so‘ng, 2 soatlar o‘tgach, Abening bel sohasida kuchli og‘riq turgan, biroq u og‘riq qoldiruvchi dorilarni iste'mol qilib, harakatni davom ettirgan. 8 soatdan o‘tganda u avvalgi rekorddan o‘zib ketgan bo‘lsa-da, 13 soatdan keyin taslim bo‘lishga majbur bo‘ldi.
«Bu men his qilgan eng kuchli og‘riqdir. Ikki qo‘limni sezmay qoldim, ko‘zlarim oldida barchasi aralash-quralash bo‘lib ketdi. Men ozgina hushimda edim, xolos. Shuningdek, juda chanqab qoldim. Shu paytgacha bunaqa holatga tushmaganman», — deya izohlagan Abe poygadan so‘ng.
Mavzuga oid
16:11 / 02.05.2026
“Tasalli beruvchi ayollar” maskani - yapon harbiylari qancha qiz-ayolni jinsiy qullikka mahkum etgandi?
23:48 / 27.04.2026
London marafonidagi rekord Adidas aksiyalari narxini oshirdi
22:34 / 25.04.2026
Yaponiya ikki o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi
12:47 / 25.04.2026