Atamboyev: “Fashizm dunyoning ko‘plab xalqlari harakati tufayli mag‘lub etilgan”
Fashizm dunyoning ko‘plab xalqlari qo‘shma sa'y-harakati tufayli mag‘lub etilgan. 58 mamlakat kirgan Hitlerga qarshi koalitsiya harakatlari sababli. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev Bishkekda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 72-yilligiga bag‘ishlangan mitingda aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, g‘alaba albatta, “sobiq Ittifoqning 15 respublikasi xalqlari jasorati va qahramonligi, ularning birdamligi evaziga qo‘lga kiritilgan”.
“Qirg‘iziston sobiq Ittifoqqa hujum boshlangan kundan e'tiboran chetda turmadi. Urushning ilk kunlaridan “Hammasi front uchun, hammasi G‘alaba uchun!” shiori – xalqimiz hayotining ajralmas bo‘lagiga aylandi. Bizning respublika fronga qurol-aslahalar, oziq-ovqat va kiyim-kechaklar, mudofaa sanoatiga esa – muhim strategik xomashyo yetkazib bergan. Frunze piyoda askarlari bilim yurti zobit kadrlarni tayyorlash bilan shug‘ullangan”, - degan Atamboyev.
Qirg‘iziston rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Ikkinchi jahon urushi yillarida qirg‘izistonlik har bir erkak frontga chaqirilgan.
“Ularning uchdan bir qismi rus shaharlari va qishloqlari, Rossiya, Ukraina va Belarusning fashistlar tomonidan egallab olingan hududlarini ozod qila turib ortga qaytib kelmadi, ular urush maydonlarida butunlay qolib ketishdi”, - deya ta'kidlab o‘tgan Almazbek Atamboyev.
Mavzuga oid
12:30
Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi diplomatik missiyasini yakunlayapti
17:51 / 01.11.2024
“Hindiston va pokistonliklarga nisbatan ksenofobiya kuzatilgan”. Qirg‘izistonda xorijlik talabalar xush ko‘rilmayaptimi?
17:16 / 01.11.2024
Qirg‘izistonda Turkiy davlatlar tashkilotining XI sammiti bo‘lib o‘tadi
22:28 / 29.10.2024