«Atletiko» final hushtagi chalinmaguncha taslim bo‘lmaydi
«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone «Real»ga qarshi Yevropa chempionlar ligasining javob uchrashuvi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Biz o‘zimizga va kuchimizga ishonamiz. Ertangi uchrashuvga o‘zimizni o‘zgartirib tushmoqchi emasmiz. Nimalarga qodir ekanimizni yaxshi bilamiz. Futbolchilarimga ishonaman. Ular ertaga yaxshi futbol namoyish etib bera olishadi. O‘z uyimizdagi ustunlikdan foydalanishimiz kerak. Ertangi uchrashuvda o‘yinning o‘ta hissiyotli ekanin tushunmagan shogirdimni maydonda ko‘rishni istamayman.
«Real»da xuddi «Barselona» va «Bavariya» kabi dunyoning eng kuchli tarkibi bo‘lishi mumkin. Bu to‘g‘ri. Biz esa shu bosqichga qadar yetib kelganimiz bilan faxrlanamiz. O‘zimizning ustun tomonlarimiz bor va ulardan foydalangan holda, qiyin bo‘lgan vazifani uddalashga harakat qilib ko‘ramiz. Ammo final hushtagi chalinguniga qadar taslim bo‘lmaymiz. Men ertaga muxlislar dunyoning eng kuchli klublari o‘rtasidagi ajoyib qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lishini istayman. Albatta gaplarning barchasi futbol boshlangach, qolib ketishi va barcha narsa maydonda hal bo‘ladi. Buni yaxshi bilamiz.
Agar ertangi uchrashuvda futbolchilarni kerakli darajada ruhlantira olmasam, o‘z ishimni yomon bajargan bo‘laman. Motivatsiya ertalab turganingda va oldinda seni nimalar kutayotganini his qilganingdayoq kelishi kerak», — deya argentinalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi UYeFA rasmiy sayti.
Mavzuga oid
11:22 / 03.10.2024
«Real», «Bavariya» va «Atletiko» yutqazdi, «Yuventus»da dahshatli kambek. YeChLda sensatsiyalar kuni
11:34 / 30.09.2024
Madrid derbisida to‘polon, «MYu» yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari
15:34 / 18.02.2024
«Barsa»ni noodatiy penalti qutqardi, Mbappe joker rolida. Yevropada kun o‘yinlari
15:34 / 05.02.2024