Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jakarta gubernatori 2 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Foto: RIA "Novosti"
Jakarta gubernatori Basuka Chaxay Purnama Qur'onni tahqirlagani uchun ikki yilga ozodlikdan mahkum etildi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bergan.
Indoneziya sudi bunday qarorni Qur'onga nisbatan “tahqirlovchi izohlar” tufayli qabul qildi.
Ta'kidlanishicha, prokurorlar gubernatorga shartli jazo muddati berishni tavsiya qilishgan.
Parnama o‘z aybini inkor etgan va hukmni qayta ko‘rib chiqishlarini talab qildi. Shu bilan birga, u 2016 yilda Jakarta gubernatori saylovlaridan avval aytgan so‘zlari uchun uzr so‘radi. O‘shanda u o‘z raqobatchilarini Qur'ondan foydalanilgan holda siyosiy tashviqot olib borishgani uchun tanqid qilgandi.
Mavzuga oid
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
19:34 / 11.01.2026
Turoperatorlarga Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan har bir sayyoh uchun subsidiya beriladi
21:27 / 01.12.2025