Jahon | 13:38 / 09.05.2017
6715
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev: “Faxriylarga hurmatimiz ularning jasorati kabi buyuk bo‘lishi kerak”

Foto: President.kz

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev “Otan korgaushilar” monumentiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, olti millionga yaqin qozog‘istonlikdan million sakkiz yuz ming nafari Ikkinchi jahon urushi frontlariga jo‘nab ketgan. “Ularning yarmi qaytib kelmadi, fronlarda halok bo‘ldi”, - degan Nazarboyev.

Uning ta'kidlashicha, o‘sha G‘alaba bo‘lmaganida, bugungi kun ham bo‘lmasdi.

"Shuning uchun bizning faxriylarga hurmatimiz ularning jasorati kabi buyuk bo‘lishi kerak. G‘alabaga birinchi navbatda barcha xalqlarning birdamligi, aka-ukachiligi, do‘stligi sabab erishilgan. Hozirgi kunda ham aynan shu shior bilan yashamoqdamiz", - deya xulosa qildi Nazarboyev.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid