Abdullajon Dadaboyev 1918 yilda Farğona viloyati Özbekiston tumanida tuğilgan. Ikkinçi jahon uruşi davrida Belarusni duşmanlardan himoya qiliş vaqtida halok bölgan. Uning xoki Özbekiston Mudofaa vazirligi va mamlakat elçixonasi vakillariga topşirildi.

Xotira tadbirida Buda-Koşelevo tumani ijroiya qömitasi rahbariyati, keng jamoatçilik, faxriylar va yoşlar qatnaşdi.

Tuman Ijroiya qömitasi raisi Valentin Undrul öz nutqida oradan şunça yillar ötgan bölsa-da, öşa dahşatli uruş hamon yangi-yangi faktlar, voqealar, tarixlar bilan özini eslatib turganini va aniqlanayotgan har bir dalil inson hayotidagi katta fojia ekanini ta’kidladi. Uning aytişiça, joriy yilda olib borilgan qidiruv işlari davomida Farğona viloyatida 1918 yilda tuğilgan jangçi Abdullajon Dadaboyevning tana qoldiqlari hamda unga tegişli jihozlar va öq-dorilar Rogin qişloği hududida olib borilgan qidiruv işlari davomida topilgan.

Tuman rahbari qidiruv işlarini olib borgan Belarus Mudofaa vazirligining 52-ixtisoslaştirilgan qidiruv bataloni va Gomel kadetlar bilim yurtining "Qizil pogonlar" qidiruv klubiga minnatdorlik bildirdi.

Özbek xalqining farzandi Abdullajon Dadaboyevning xoki 27 sentabr kuni Minsk şahridan Özbekistonga olib kelindi.