Jahon | 11:32 / 10.05.2017
5624
1 daqiqa o‘qiladi
FQBga Jyeyms Komi o‘rniga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
FQB direktori o‘rinbosari Endryu Makkeyb prezident tomonidan iste'foga chiqarib yuborilgan Jyeyms Komi o‘rniga vaqtinchalik rahbar etib tayinlangan. Bu haqda AQSh bosh prokurori Jyeff Seshnsga asoslangan holda CNN xabar tarqatdi.
NBC telekanali ma'lumotiga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Komining iste'foga chiqarilishidan ko‘p vaqt o‘tmasdan Makkeyb bilan uchrashgan.
Tramp Komini adliya vaziri, bosh prokuror Jyeff Seshns qutqusi bilan haydab yubordi. U «samarali boshqarish qobiliyatiga ega emas»ligi uchun ishdan bo‘shatilgan.
FQBning endilikda sobiq direktori Trampga qarshi uning «Rossiya bilan aloqalari» yuzasidan tekshiruv olib bormoqda edi, uning bunday aloqalarini Oq uy ham, Kreml ham rad etadi.