Rossiyaning 2016 yilgi AQŞ saylovlariga aralaşuvini tergov qilgan FTB sobiq direktori Jyeyms Komi yolğon guvohlik beriş va adolatga tösqinlik qilişda ayblandi. Bu haqda 26 sentabr, juma kuni Amerikaning ABC News telekanali xabar berdi.
AQŞning Virjiniya ştati Şarqiy okrugi böyiça federal prokuratura Komini 2020 yilda AQŞ Senati sud qömitasiga FTB tomonidan Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi va Rossiya örtasidagi ehtimoliy aloqalar böyiça tergovi haqida yolğon gapirganlikda aybladi. Bu ayblovlar tafsilotlari keltirilmagan, biroq sobiq amaldor beş yilgaça qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin.
Komining özi özining aybsizligini ta’kidlab, unga qöyilgan ayblovlar AQŞ prezidentining siyosiy qasosi ekanligiga işora qildi. «Mening oilam va men köp yillar davomida Donald Trampga qarşi turişning öz narxi borligini bilamiz, lekin hayotni boşqa yöl bilan tasavvur qila olmaymiz. Biz tiz çökib yaşamaymiz, siz ham yaşamasligingiz kerak», deb ta’kidladi FTBning sobiq direktori. Şuningdek, u federal sud tizimining xolisligiga umid qilişini bildirdi.
FTB sobiq direktoriga qarşi ayblovlar Virjiniya prokuraturasidagi özgarişlardan bir neça kun ötib qöyildi. Tramp avvalroq federal prokuror Erik Sibertni lavozimidan çetlatgan edi, u, manbalarga köra, Senatdagi körsatmalari tufayli Komini jinoiy javobgarlikka tortiş uçun asos topmagan. Tramp Sibert örniga Oq uydagi yordamçisi va sobiq advokati, sodiq odami Lindsi Halliganni tayinladi.












