Telekommunikatsiyalar sohasida litsenziya olish osonlashadi
O‘zbekiston Respublikasi me'yoriy-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida “Telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalash faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi. Undan ko‘zlangan maqsad tadbirkorlik sub'yektlariga qulay shart-sharoitlarni barpo etish, tadbirkorlik sub'yektlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda aniqlangan «yagona darcha» tamoyili asosida samarali davlat xizmatlarini ko‘rsatishga g‘ov bo‘layotgan muammoli masalalarni hal etish, ma'muriy buyruqbozlik to‘siqlariga barham berish, sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslik, telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalash jarayonini takomillashtirishdir.
Unda telekommunikatsiyalar sohasida litsenziya olish uchun talabgordan talab qilinadigan hujjatlar to‘plamidan quyidagilarni chiqarib tashlash belgilangan:
O‘zbekiston Respblikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat o‘t o‘chirish xizmatining yong‘in xavfsizligi me'yorlariga muvofiqligi xususida xulosa;
Davlat sanitariya nazoratini o‘tkazuvchi organlarning sanitar qoidalar va me'yorlarga mos kelishi to‘g‘risidagi xulosasi;
Oliy ma'lumot haqidagi diplom nusxasi va telekommunikatsiyalar tarmog‘ini loyihalash va qurish bo‘yicha mutaxassislarning mehnat daftarchalaridan nusxa.
Bundan tashqari, hujjat loyihasida shunday tartib o‘rnatish rejalashtirilganki, unga muvofiq, 2017 yil 1 iyulidan boshlab o‘z tarmog‘ini tashkil etish huquqiga ega bo‘lmagan ma'lumotlar tarqatish tarmog‘i provayderi xizmatini ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash faqat tadbirkorlik sub'yektlariga «yagona darcha» tamoyili asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha yagona markazlar va O‘zbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, 2018 yil 1 yanvaridan boshlab, o‘z tarmog‘ini tashkil etish huquqiga ega bo‘lmagan ma'lumotlar tarqatish tarmog‘i provayderi xizmatini ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziya elektron hujjat shaklida taqdim etiladi va Yagona portalning elektron hujjatlar Repozitoriyasida saqlanadi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 07:41
-
Pokiston Hindistonga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshladi
Jahon | 07:39
-
Tutanxamon xazinasining bir qismi yangi muzeyga ko‘chirildi
Jahon | 02:18
-
Meksika Google korporatsiyasini sudga berdi
Jahon | 00:27
Mavzuga oid

07:30 / 03.01.2025
Telekommunikatsiya xizmatlari me’yorga muvofiqligi yuzasidan monitoring amalga oshiriladi

20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi

12:12 / 03.12.2024
Favqulodda vaziyatlarda telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish qoidalari tasdiqlandi

17:43 / 21.11.2024