Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Trampning suriyalik kurdlarni qurollantirish bo‘yicha qaroriga munosabat bildirdi
Foto: News Front
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lining ma'lum qilishicha, Suriyadagi o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari (YPG) vakili bo‘lgan, qo‘lida qurol tutgan har bir kurd Turkiya uchun tahdid hisoblanadi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.
Shu tariqa u Oq uyning Suriyada IShID terrorchilik guruhiga qarshi jang olib borayotgan kurd bo‘linmalarini qurol bilan ta'minlash haqidagi rejasiga munosabat bildirdi.
Chovusho‘g‘li YPG terrorchilik tashkiloti ekani, bu tashkilot «Kurdiston ishchilar partiyasi» kabi Turkiya uchun xavf manbai ekani, bu esa AQShga ma'lum ekani haqida gapirgan.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bu masalani Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda ma'lum qilmoqchi.
9 may kuni Tramp IShIDga qarshi suriyalik kurdlarni qurollantirishi haqida ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
10:40 / 19.01.2026
Suriya hukumati va kurdlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzoladi
17:30 / 18.01.2026
Suriya armiyasi kurdlar nazoratidagi hududga kirdi
14:23 / 08.01.2026
Suriyada yana janglar boshlandi
17:26 / 12.07.2025