BMT Oliy Komissari O‘zbekiston qamoqxonalari hamda ayol-rahbarlar muammosi haqida

Foto: kun.uz
11 may kuni Xalqaro Press-klubda BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy Komissari Zayd Raad Al-Husayn ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Oliy Komissar bugungi kunda O‘zbekistondagi islohotlarni ko‘rib turgani va ularni tan olishi, shuningdek mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar xalqaro huquq tajribasiga muvofiq ekanini ta'kidladi. Joriy yilda qabul qilingan qonunlarga to‘xtalib, ularning konstruktiv xarakterga ega ekanini qayd etdi.
Shuningdek Zayd Raad Al-Husayn O‘zbekistondagi xalq bilan muloqot, korrupsiyaga qarshi kurash hamda so‘z erkinligi borasida olib borilayotgan ishlarning tahsinga sazovor ekanini ta'kidladi. Hukumatning amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha monitoring olib borishiga e'tibor qaratib, buni ham mamlakatda shaffof muhit yaratishdagi muhim ijobiy jihat sifatida e'tirof etdi.
BMT Oliy Komissari yutuqlar bilan bir qatorda ba'zi kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, uzoq yillardan beri qamoqxonalarda jazo o‘tayotgan kishilarga muayyan imkoniyatlar yaratishga to‘xtalib o‘tdi. Uning fikricha, O‘zbekiston shaffoflik yo‘lini tanlagan ekan, mamlakat qamoqxonalarida kechayotgan jarayonlardan xalqni boxabar qilib turishi kerak. Zero bir necha yil avval O‘zbekiston qamoqxonalarida mamlakat imidjini buzuvchi holatlar qayd etilganini eslatib o‘tdi. Shu o‘rinda jurnalistlardan biri Komissarning tashrifi aynan muayyan mahbus bilan bog‘liqmi yoki bundan umumiy manfaatlar ko‘zlanganmi degan savol bilan murojaat qildi. Bunga javoban Zayd Raad Al-Husayn umumiy masalalar bo‘yicha kelganini ta'kidladi.
Bundan tashqari, Zayd Raad Al-Husayn O‘zbekistondagi rahbarlik lavozimida ayollarning kamligiga e'tibor qaratdi. Hukumat va mahalliy tashkilotlarda ayol-rahbarlarni ko‘paytirish masalasi o‘rganib chiqilishi va bu borada muayyan ishlar qilinishi kerakligi, zero ularning jamiyat hayotidagi o‘rni muhim ekanini qayd etdi.
Umumiy xulosa sifatida, BMT Oliy Komissari O‘zbekiston ayni vaqtda "chorraha"da turgani, "sayohat" endi boshlanayotganini ta'kidladi.
Ma'lumot uchun: Zayd Raad Al-Husayn BMTning inson huquqlari bo‘yicha yettinchi Oliy Komissaridir. U AQShning Jon Hopkins universitetida gumanitar fanlar bakalavri va Buyuk Britaniyaning Kembrij universitetida falsafa fanlari doktori darajasiga ega bo‘lgan. Al-Husayn 2014 yilda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy Komissari etib tayinlangan ilk Osiyo vakili hisoblanadi. Bunga qadar u BMT Xavfsizlik Kengashiga raislik qilgan. Zayd Raad Al-Husayn xalqaro huquq, xalqaro jinoiy sudlov, tinchlikparvarlik operatsiyalarini amalga oshirish va yadroviy terrorizmga qarshi kurash masalalari bo‘yicha mutaxassis hisoblanadi. Xalqaro jinoyat sudini ta'sis etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish, genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlar, harbiy jinoyatlar elementlarini aniqlash ishlarida ishtirok etgan. Oilali, ikki nafar qiz va o‘g‘il farzandi bor.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 17-paketini tasdiqladi
Jahon | 20:36
-
Fransiya Pavel Durovning AQShga borishiga ruxsat bermadi
Jahon | 20:25
-
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar
O‘zbekiston | 20:24
-
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
Iqtisodiyot | 20:16
Mavzuga oid

20:16
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi

23:35 / 14.05.2025
BMT: Afrikada har 6 soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda

07:29 / 14.05.2025
BMT: G‘azoda issiq ovqat tarqatish miqdori 70 foizga kamaydi

07:55 / 06.05.2025