Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarimalarni internet orqali bepul bilib olish imkoni paydo bo‘ldi
O‘zbekistondagi haydovchilar Yo‘l harakati qoidalarini buzganligi, xususan, Toshkent shahri yo‘llariga o‘rnatilgan kameralar va radarlar qaydlariga tushgan yoki tushmaganini mustaqil aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Endilikda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali foydalanuvchilari belgilangan jarimalar xususida ma'lumot olishlari mumkin. Bu haqda Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida «Elektron hukumat» markazi direktor birinchi o‘rinbosari Murod Rasulov OAV vakillariga ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha, bu sinov tariqasida ishga tushirilgan.
Ushbu my2.gov.uz portal orqali istalgan haydovchi kameralar uning mashinasini qoidabuzganlikda aniqlagani yoki yo‘qligini mustaqil ravishda aniqlab olishi mumkin bo‘ladi. Bu esa, uyga jarima xususida maktub kelishidan avvalroq jarimaga tortilgani yoki yo‘qligini bilib olish mumkinligini anglatadi.
Buning uchun haydovchi dastavval, «Elektron hukumat» avtomobil davlat raqami, transport vositasini qayd etish guvohnomasi seriyasi va raqami, shuningdek, sug‘urta polisi raqamini kiritish lozim bo‘ladi.
Ushbu xizmat O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi ko‘magida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangilangan namunasida taqdim etiladi.
Uni UZINFOCOM markazi va «Elektron hukumat»ni rivojlantirish markazi hamkorlikda taqdim etadi.
Tavsiya etamiz
Boku – Moskva nizosi til masalasiga yetib keldi
Jahon | 09:05 / 04.09.2025
Xitoyning yadro triadasi, G‘arb uchun signal hamda Putin va Kimning qo‘llovi – Pekindagi parad qanday o‘tdi?
Jahon | 19:40 / 03.09.2025
Internetda Trampning o‘limi haqida feyk xabarlar tarqaldi
Jahon | 17:41 / 30.08.2025
Odilbek Isoqov – banklarni xususiylashtirish kechikayotgani haqida
Iqtisodiyot | 14:10 / 30.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ilk Buxoro biyennalesi - qadimiy shahar zamonaviy va amaliy san’at ko‘rgazmasiga mezbonlik qiladi
O‘zbekiston | 10:59
-
Yer uchastkalarini sotish tartibi soddalashtirildi
Iqtisodiyot | 10:53
-
Toshkentda Audi tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi
Jamiyat | 10:38
-
Uy olish uchun qaysi viloyatda necha yil ishlash kerak?
Ko‘chmas mulk | 10:34
Mavzuga oid

14:46 / 05.09.2025
Toshkentda ichimlik suvi ta’minoti rejali o‘chiriladi

07:45 / 05.09.2025
Toshkent–Abakan yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

19:38 / 04.09.2025
Shota Rustaveli ko‘chasi 10 sentabrgacha ochiladi, lekin ta’mir davom etadi

00:02 / 04.09.2025