Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Qozog‘istonlik o‘quvchi Madina maktabida hayotdan ko‘z yumdi
Qozog‘istonlik Ahmad Toshbikov Nur Saudiya Arabistonining Madina shahridagi Hasson ibn Sobit nomli maktabida baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi. U zinapoyadan tushayotganda yiqilib ketgani sababli halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz sayti. Voqea 2017 yil 23 aprelda yuz bergan. Bolaning zinapoyadan yiqilishi aks etgan videolavha internet tarmog‘ida paydo bo‘ldi.
Lavhada maktab o‘quvchilari zinopoyada pastga tushayotganini ko‘rish mumkin. Bir muddat o‘tgach, erkak kishi paydo bo‘ladi va bolalar bilan suhbatlashadi. U suhbat bilan ovora bo‘lib turgan vaqtda o‘quvchilardan biri zinapoya dastagiga sirpanib tushishga uringan chog‘da pastga qulab tushgan.
OAV xabarlariga ko‘ra, Ahmad Toshbikov Nur boshidan qattiq jarohat olgan. U shifoxonaga keltirilganda, shifokorlar uning o‘limini qayd etishgan. U maktab huzuridagi Qur'on o‘rganish markazi birinchi kursi talabasi bo‘lgan. Uning ota-onasi maktab ma'muriyatiga da'vosi yo‘qligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026