Isroil kompaniyasi 5 daqiqada zaryadlay oluvchi yangi batareyani ishlab chiqdi

Isroilning StoreDot kompaniyasi muhandislari shu kunlarda Berlinda bo‘lib o‘tayotgan CUBE Tech Fair ko‘rgazmasida yangi FlashBattery texnologiyasini namoyish etishdi. Yangi texnologiya elektromobilni atigi 5 daqiqada zaryadlash imkonini beradi.
Batareya o‘ta tezkor quvvatni ta'minlovchi nanomateriallar va patentlangan organik birikmalar qatlamlaridan tashkil topgan. Kompaniya ushbu rolikda akkumulyator qanday tuzilishga ega ekanini ko‘rsatib bergan.
Akkumulyator ishlab chiqarishning ko‘plab zamonaviy tendensiyalari katta masofani bosib o‘tishga yo‘naltirilgan bir paytda FlashBattery zaryad tezligiga urg‘u beradi. Bir martalik zaryaddan keyin mashina 500 kilometrni bosib o‘ta oladi. Ta'kidlash joizki, Tesla kompaniyasining SuperCharger stansiyalari avtomobil akkumulyatorini to‘liq zaryadlashi uchun taxminan 75 daqiqa sarflanadi.
StoreDot'da ta'kidlanishicha, FlashBattery elektromobillarda qo‘llanuvchi aksariyat zamonaviy batareyalarga nisbatan xavfsiz.
StoreDot hozirda o‘z texnologiyasini smartfonlarda qo‘llash imkonini o‘rganib chiqmoqda.
Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, yangi batareyalar uch yil ichida bozorga chiqadi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

19:46 / 17.04.2025
Isroilning Eronga zarbasi Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi

13:43 / 15.04.2025
Isroil Germaniya TIVni HAMAS jangchilarini rag‘batlantirishda aybladi

08:45 / 15.04.2025
TSAHAL G‘azodagi operatsiya strategiyasini radikal o‘zgartirdi

08:11 / 14.04.2025