Jahon | 16:50 / 12.05.2017
5912
1 daqiqa o‘qiladi

Makron prezident sifatidagi ilk ish kunida Merkelning yoniga keladi

Foto: AFP

Emmanuel Makron Fransiya prezidenti sifatidagi o‘zining ilk ish kunida Berlinga tashrif bilan keladi. Bu haqda The Local xabar bergan.

U tashrif davomida Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashuv o‘tkazadi. 

Tashrif 15 mayga rejalashtirilgan.

Avvalroq Merkel Fransiyaning yangi saylangan prezidenti, “Olg‘a!” harakati yetakchisi Emmanuel Makronni saylovlardagi g‘alaba bilan tabrikladi hamda Fransiyadagi prezidentlik poygasi yakunlarini “kuchli taassurot uyg‘otgan” deb atadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid