Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mourinoning eng muhim o‘yindagi qahramona durangi. «Manchester Yunayted» Stokholmga boradi
Yevropa ligasi finalida «Manchester Yunayted» va «Ayaks» klublari to‘p suradigan bo‘ldi.
Yarim finalning birinchi o‘yinini Vigoda o‘tkazib, 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan «Manchester Yunayted» «Old Trafford»da 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
«Ayaks» esa «Lion» to‘sig‘idan o‘ta oldi. Niderlandiyada o‘tgan birinchi o‘yin mezbonlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgandi. Lionda esa «Ayaks» 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi, lekin bu finalga chiqish uchun yetarli bo‘ldi.
12 kundan keyin bu ikki jamoa Stokholmdgi «Frends Arena» stadionida bosh sovrin uchun maydonga tushadi.

«Tarixdagi eng muhim o‘yin»
Joze Mourino – OAV bilan ishlash borasida dunyodagi eng zo‘r murabbiy. Jurnalistlar bilan suhbatlarda, u o‘ziga xos tarzda o‘ziga xos so‘zlar bilan vaziyatdan chiqib ketadi, uning so‘zlari raqib jamoa futbolchilari hamda muxlislariga ham ta'sir ko‘rsatadi. «Selta»ga qarshi o‘yindan avval portugaliyalik mutaxassis pafos bilan gapirdi:
«Ispanlar buni «Selta» tarixidagi eng muhim bahs deyishmoqda. Meningcha esa bu bizning tariximizdagi eng muhim bahsdir. Avvalgi bahslar qanchalik muhim bo‘lgani muhim emas. Men «Selta»ning g‘alabaga bo‘lgan istagi «Manchester Yunayted»nikidan ko‘p deb o‘ylamayman. Bizning vaziyatimiz shunday: 7 haftada 16 futbolchi bilan 17 o‘yin o‘tkazish. Bu aql bovar qilmas ish! Biz futbolchilar bilan bor kuchimizni maydonga tashlaymiz», – deya so‘zini yakunlagan Mourino olqishlarga sazovor bo‘lgandi.
Qayd etish kerakki, «Selta» oxirgi daqiqalarda Gvidetti gol ura olmagani uchun manchesterliklar finalga chiqdi. Bu uchrashuvdan oldin manchesterliklarning faxriy futbolchilari Gari Nevill va Roy Kin tinimsiz ravishda jamoa o‘yinini tanqid qilayotgan, jamoa yetakchilaridan biri Pol Pogbaning transferi FIFA tomonidan shubha ostiga olingandi. Murabbiy o‘yindan oldin tig‘iz grafikdan nolidi. U o‘yindan keyin ham tig‘iz grafikdan nolidi.
«Biz birinchi o‘yinda haqli g‘alabaga erishgan bo‘lsak-da, javob o‘yini uchun intriga saqlanib qolgandi. Biz bilan tengma-teng kurasha olgan «Selta» futbolchilari olqishga loyiq.
14 bellashuvdan so‘ng biz finalga qadar yetib keldik. Unda g‘alaba qozonsak, o‘zimni baxtli his qilaman. Bu juda ajoyib bo‘lardi.
«Ayaks»dek yosh va kuchli jamoa bilan o‘yin oson bo‘lmaydi. Mavsum yakunida finalga tayyorgarlik uchun «Ayaks»da 12 kun vaqt bo‘ladi. Biz esa bu kunlar ichida yana 3 ta bellashuv o‘tkazishimiz kerak bo‘ladi», dedi Mourino.
APL chempionatidan ko‘ra Yevropa Ligasini afzal ko‘rishini bot-bot takrorlagan murabbiy bir necha kun avval «Arsenal»ga qarshi o‘yinga zaxira futbolchilari aralashtirilgan tarkibni tushirdi (Runi, Aksel Tuanzebe, Maykl Kerrik, Kris Smolling) va 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat qayd etildi.
«Selta» bilan o‘yinda esa «A jamoa» o‘ynadi, bu tarkib o‘yinning 70 foiz vaqtida to‘pni raqibga topshirdi, lekin natijaga erishdi.

«Old Trafford»da «Selta» «Barselona»ga qarshi o‘ynagani kabi o‘ynamoqchi bo‘ldi, ammo tezda barchasi ayon bo‘ldi. Ispaniyada ular 30 daqiqagacha kurashgan bo‘lsa, Angliyada 17 daqiqadayoq gol o‘tkazildi. Shu daqiqada «Man Yunayted»ning hozirgi kundagi eng yaxshi futbolchisi Markus Reshford Marvon Fellaynini to‘p bilan ta'minladi va ayni vaqtda ham o‘z vazifasi tayanch yarim himoyachisiligini, ham markaziy hujumda Zlatanning o‘rnini egallab turgan belgiyalik futbolchi hisobni ochdi.



«Manchester Yunayted»ning endi nisbatan ishi yengillashdi. Mezbonlar bu ustunlik tufayli raqibni o‘z tomoniga taklif qilishdan ham cho‘chimadi va qarshi hujumlarga tayandi. 2ta gol kerak bo‘lgan mehmonlar tinimsiz hujum uyushtirib, 85-daqiqada bir gol urishdi. Fakundo Ronkalya urgan gol murabbiyning rejalarini chippakka chiqarishi ham mumkin edi. «Selta» himoyachisi gol urdi va mezbonlar himoyachisi Erik Bayi bilan janjaldan keyin uning maydondan chetlatilishiga erishdi. Endi Mourino finalda ivuarlik himoyachisiz harakatlanadi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalar tugayotgan vaqtda Yon Gvidetti «Selta»ga g‘alaba keltirishi va jamoani finalga olib chiqishi ham mumkin bo‘lgandi. Bu holatda bu uchrashuv «Man Yunayted»tarixidagi eng muhim o‘yinga emas, Mourinoning faoliyatidagi eng yomon o‘yinga aylanishi ham mumkin edi. Bu holda Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qolinar, yozgi transferlar uchun 200 million yevro olinmas va boshqa yomon oqibatlar yuzaga kelishi mumkin edi. Ammo mankunianliklarning shunchaki omadi keldi! Ular kerakli natijaga erishdi va «Old Trafford» qahramoniga erishdi.
Mavzuga oid
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
13:31 / 04.05.2026
«Inter» – chempion, «Real» «Barsa»ga toj kiydirishni kechiktirdi. Kun o‘yinlari
11:48 / 14.04.2026