Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon: AQSh va NATO Afg‘oniston bo‘yicha strategiyasini o‘zgartirmog‘i lozim
AQSh va NATOga Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun o‘z strategiyasini o‘zgartirmog‘i lozim. Bunday fikrni AQSh mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi direktori general-leytenant Vinsent Styuart kongress senatining razvedka bo‘yicha maxsus qo‘mitasi yig‘ilishida bildirdi.
"Biz o‘zimizni avval tutgandan mutlaq boshqacha harakat qilishimiz lozim", deb ta'kidlab o‘tdi Styuart senatorlarning Afg‘oniston bo‘yicha savollariga javoban. General-leytenantning fikricha, agar AQSh va NATO o‘z strategiyasini o‘zgartirmasa, unda "Tolibon" harakati jang maydonida anchagina taraqqiyotga erishadi.
Styuartning ta'kidlashicha, "Afg‘oniston jang maydonidagi hozirgi chorasiz vaziyat" toliblarga qo‘l kelishi mumkin. Styuartning aytishicha, "u Afg‘onistonga muntazam tashrif buyuradi" va vaziyatni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistonga qo‘shimcha 5 ming harbiyni yubormoqchi, deb ma'lum qilgandi NBC telekompaniyasi. Telekompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp bu borada Pentagon tomondan taqdim qilingan bir nechta harakatlar variantlarini ko‘rib chiqmoqda va yaqin orada bir qarorga keladi.
Hozir Afg‘onistonda 8,4 ming amerikalik harbiy mavjud.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026