Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya AQShdan Kim Chen Inga suiqasd urinishi uchun uzr so‘rashini talab qildi
Foto: RIA "Novosti"
AQSh va Janubiy Koreya Shimoliy Koreya rahbariyatiga suiqasdga urinish tufayli uzr so‘rashi va aybdorlarni jazolashi kerak. Bu haqda KXDRning Rossiyadagi elchisi Kim Xen Chjun ma'lum qildi.
"Biz ularni qayerda bo‘lmasin qidirib topamiz, Janubiy Koreya razvedka xizmati va Amerika MRBning hozirgi yirik terrorchilik akti tashkilotchilarini va o‘zimizning aksilterrorchilik faoliyatimiz bilan albatta yo‘q qilamiz. Shuning uchun AQSh va Janubiy Koreya bu aktga tayyorgarlik ko‘rgani uchun uzr so‘rashi, shuningdek, bu terrorchilik akti aybdorlari va tashkilotchilarini jazolashi lozim", - dedi u.
O‘tgan hafta KXDR milliy xavfsizlik vazirligi vakillari AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi va Janubiy Koreya razvedka xizmati shimoliy koreyaliklar yetakchisi Kim Chen Inga noma'lum biokimyoviy modda yordamida suiqasd qilishni rejalashtirgani haqida ma'lum qildi.
Sinxua agentligi xabariga ko‘ra, Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xan Son Rel Pxenyan suiqasdga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlanayotganlar topshirilishini talab qilmoqchi ekani haqida aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, KXDR “koreyscha uslubda aksilterrorchilik urushiga” darhol kiradi va uning “bosqichma-bosqich” olib boradi.
Bu bayonotlar KXDRda AQSh fuqarolarining hibsga olinishi fonida yuz berdi. Aprel oxirlarida KXDRda amerikalik fuqaro Toni Kim qo‘lga olingani ma'lum bo‘ldi. Shundan so‘ng Reyter agentligi Koreya Markaziy telegraf agentligiga asosan AQShning yana bir fuqarosi davlatga qarshi faoliyat olib borishda gumonlanib qo‘lga olingani haqida xabar berdi.
Mavzuga oid
23:14 / 04.03.2026
Minobdagi qirg‘in - urushning qonli ramzi
22:57 / 04.03.2026
Kongress roziligisiz harbiy operatsiya mumkinmi?
22:32 / 04.03.2026
Klintonlar Epshteyn ishi bo‘yicha ko‘rsatma berdi – tafsilotlar
20:51 / 04.03.2026