O‘zbekiston | 09:29 / 12.05.2017
5608
2 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariya Prezidenti O‘zbekiston bilan do‘stlikni yanada mustahkamlash tarafdori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Shveytsariya Konfederatsiyasi Prezidenti Doris Loytxard mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan bir-birini qutlashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda

O‘zbekiston Prezidenti o‘z tabrigida o‘zaro munosabatlarni yuqori baholab, o‘tgan davrda ikki mamlakat o‘rtasida "An'anaviy mustahkam do‘stlik va o‘zaro anglashuvga asoslangan teng huquqli hamkorlik o‘rnatilgan. Munosabatlarning barcha masalalari bo‘yicha ochiq va amaliy muloqot yo‘lga qo‘yilgan. O‘zaro aloqalarning deyarli barcha yo‘nalishlari qamrab olingan salmoqli shartnomaviy-huquqiy baza shakllangan", deb ta'kidlagan. 

Shveytsariya Prezidenti qutlovida bunday deyilgan: "O‘zbekiston Respublikasining Shveytsariya bilan ko‘p yillik do‘stlik aloqalari uchun chuqur minnatdorlik bildiraman". 

“Shveytsariyaning yaqinda tiklangan, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik strategiyasida Shveytsariya O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi bilan hamkorlik qilish tarafdori ekani aks ettirilgan. Iqlim o‘zgarishi, mintaqaviy suv ta'minoti va sanitariya masalalariga e'tibor qaratish mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishiga ishonaman", deyilgan qutlovda.

Prezident Doris Loytxard O‘zbekiston bilan Shveytsariya o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash tarafdori ekanini ta'kidlagan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid