Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent IIBB ogohlantiradi: 16 maydan jarima to‘lamagan haydovchilarga qarshi tadbir boshlanadi
Ma'lumki, 2017 yil 15 martidan Toshkent shahrining 115ta chorrahasida qoidabuzarliklarni qayd etuvchi kameralar hamda tezlik o‘lchovchi radarlar ishga tushirilgan edi. Ular 5 kun mobaynida sinov tariqasida ishlagach, to‘liq faoliyat yurita boshlagandi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, ushbu kameralar yoki radarlar tomonidan qoidabuzarlik qayd etilib, avtomobil egalariga jarimalar yozilganida, ularga ushbu jarimalarni to‘lash yuzasidan 2 oy muhlat beriladi. Ushbu muddat mobaynida jarimani to‘lamagan yoki jarimaga norozilik bildirmagan haydovchilar IIBB YXXB xodimlari tomonidan ushlanib, ularning boshqaruvidagi transport vositalarini jarima maydonchalariga qo‘yish hamda jarimalarni undirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.
Toshkent yo‘llaridagi eng ko‘p qoida buzilayotgan ko‘cha ma'lum qilindi
Shunga ko‘ra, 2017 yil 16 mayidan e'tiboran Toshkent shahrida ushbu tadbirga start beriladi. Shu munosabat bilan, Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati qoidasini buzgani kameralar yordamida qayd etilgan hamda bu haqda ogohlantirish maktubini olgan bo‘lsa-da, jarimalarni to‘lamagan haydovchi fuqarolarga murojaat qilib, 16 mayga qadar jarimalarni to‘lab qo‘yishga chaqiradi. Aks holda, avtomobil jarima maydonchasi qo‘yilishi qo‘shimcha moddiy chiqimlarga olib keladi.
Mavzuga oid
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
14:42 / 16.06.2026
Toshkentda IIO bo‘linma boshlig‘i jinoyatda gumonlanib qo‘lga olindi
21:16 / 15.06.2026
Ohangaronda IIB xodimlari pichoqlandi
08:28 / 11.06.2026