Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya bosh vaziri AQSh bilan suriyalik kurdlar bo‘yicha kelishuv haqida ma'lum qildi
Vashington Anqarani suriyalik kurdlar mudofaa kuchlari Raqqa ozod qilingandan keyin u yerda qolmasliklariga ishontirdi. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim ma'lum qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiyaning e'tiroziga qaramay, 8 may kuni Suriyada IShIDga qarshi kurash olib boruvchi kurd tuzilmalarini qurollantirish rejasini tasdiqlagan.
Kurdlarga qurol-aslaha yetkazib berilishi Anqaraning keskin noroziligiga sabab bo‘lgandi. Anqara Suriyadagi kurd tuzilmalarini Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi bilan yaqindan hamkorlik qiladi, deb hisoblaydi. Ushbu tashkilot Anqara tomondan ham, Vashington tomondan ham terrorchilik tashkiloti deb tan olinadi.
"Biz uzoq vaqtdan beri AQShga bir terrorchilik tashkiloti bilan boshqasi yordamida kurashib bo‘lmasligini aytib kelamiz va ularga o‘z xavotirimizni bildirganmiz. Ular ham vujudga kelgan vaziyatdan mamnun emaslar, biroq ularning aytishicha, ular shunday qilishga majburlar. Biz bunga qo‘shilmaymiz. AQSh Kurdiston ishchi partiyasi bilan kurashish bo‘yicha hamkorlikning istalgan turiga, jumladan razvedka ma'lumotlari almashish, Kurdiston ishchi partiyasi moliyaviy manbalarini nazorat qilishga tayyorlar. Ularning va'da berishicha, Raqqadagi operatsiyadan keyin u yerda YPG qolmaydi va demografik o‘zgarishlar bo‘lmaydi", deb aytdi Yildirim NTV telekanali efirida.
Hozirda Yildirim Buyuk Britaniyada safar bilan qolmoqda.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026