Jahon | 11:12 / 13.05.2017
4340
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada ekstremistik materiallarga tasodifan duch kelish ham jarimaga sabab bo‘ladi

Foto: Daily Telegraph

Buyuk Britaniya konservativ partiyasi o‘zining saylovoldi manifestida foydalanuvchilarga ijtimoiy tarmoqlarda ular tomonidan 18 yoshga to‘lgunga qadar qoldirilgan barcha yozuvlar va izohlarni o‘chirib tashlash imkonini berishga va'da qilmoqchi. Manifest kelasi hafta e'lon qilinishi lozim, deb yozadi Guardian.

Ijtimoiy tarmoqlar va kommunikatsiya kompaniyalarini jarima tahdidi ostida foydalanuvchilar balog‘atga yetmagan paytga qadar qoldirgan yozuvlarini o‘chirishga majbur qilish haqidagi va'da ish beruvchilar bilan bog‘liq. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, ish beruvchilarning uchdan bir qismi ishga joylashmoqchi bo‘lganlarga, ularning ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi bilan tanishgach, rad javobini beradi. Avvalroq sobiq bosh vazir Toni Bler yoshligida ijtimoiy tarmoqlar bo‘lganida hech qachon bunday yuqori lavozimni egallay olmasligini tan olgandi.

Shuningdek, konservatorlar va'da qilgan yangi qonunlarga muvofiq, ijtimoiy medialar foydalanuvchilar pornografik yoki ekstremistik materiallarga tasodifan “duch kelishsa” ham katta miqdordagi jarimaga tortiladi. Hukmron partiya rejalariga ko‘ra, kompaniyalar foydalanuvchilarning qonunga xilof bo‘lgan internet-sahifalar, fotosuratlar hamda matnlar borasidagi xabarlariga jiddiy e'tibor qaratishi lozim bo‘ladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid