Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi uchrashuvlar samarali bo‘lmoqda
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi tadbirlarga, o‘zaro foydali uchrashuvlarga boy bo‘lmoqda, deb xabar beradi prezidentning matbuot xizmati.
Davlatimiz rahbari Xitoy Milliy neft-gaz korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi Van Ilin bimlan uchrashdi.
Mazkur kompaniya mamlakatimizdagi uglevodorod konlarini qidirish va qazish, Muborak gaz-kimyo majmuasida tabiiy gazni chuqur qayta ishlash jarayonida faol ishtirok etmoqda.
Uchrashuvda yuqori texnologiyalar sohasidagi loyihalar ijrosining istiqbollari va O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga Xitoy sarmoyalarini jalb etish masalalari muhokama qilindi.
«Uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash bo‘yicha eng zamonaviy, ekologik toza va samarador texnologiyalar joriy qilish bo‘yicha hamkorlikni yanada keng ko‘lamda davom ettirish tarafdorimiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
«O‘zbekistonda yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini barpo etish va mavjudlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdormiz», — deb ta'kidladi Van Ilin.
Prezidentimiz Xitoy Xalq Respublikasi Eksport-import banki boshqaruvi raisi Xu Syaolyan bilan ham uchrashdi. Mazkur bank kreditlari evaziga mamlakatimizda sog‘liqni saqlash, ta'lim, energetika, transport va boshqa sohalarda qator loyihalar amalga oshirilgan.
Davlatimiz rahbari o‘zaro ishonchga asoslangan ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lgan hamkorlik aloqalarini izchil rivojlantirish zarurligini ta'kidladi. Xu Syaolyan O‘zbekiston bilan investitsiyaviy aloqalarni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.
Mavzuga oid
15:37 / 25.03.2026
John Deere O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
18:39 / 20.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Shahboz Sharif bilan muloqot qildi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
10:47 / 16.03.2026