Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida avtomobillar uchun yangi tunnelni qurishda Xitoy kompaniyalari ishtirok etadi
Qamchiq dovonidan avtomobillar o‘tishi uchun barpo etilajak yangi tunnel Xitoy kompaniyalarining ishtirokida amalga oshiriladigan bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga uyushtirgan davlat tashrifi mobaynida bir qator infrastrukturaviy shartnomalar imzolandi va ular orasida Qamchiq dovonida qurilajak yangi tunnelga tegishli shartnomalar ham bor.
Xususan, «O‘zbekiston temir yo‘llari» va Xitoy yetakchi kompaniyalari o‘rtasida bir qator hujjatlar imzolangan. Ularga ko‘ra, xitoylik mutaxassislar avtomobillar uchun yangi yo‘llar va Qamchiq dovonidagi yangi tunnelni barpo etishda ishtirok etishadi», — degan «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasining bosh injyeneri Husniddin Hosilov «O‘zbekiston» telekanaliga bergan intervyusida.
Ayni paytda mutaxassislar O‘zbekiston mustaqilligi tarixida eng yiriklaridan biri bo‘luvchi, boshlang‘ich qiymati 175 million AQSh dollariga baholanayotgan ushbu loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tayyorlashmoqda. Xitoy tomoni loyihani moliyalashtirishda ham ishtirok etadi.
«Qamchiq-2» deb nom olgan yangi loyihaga ko‘ra, ayni paytda foydalanilayotgan tunnellar ostidan yangisi quriladi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, yangi barpo etiladigan tunnel kengroq, o‘tkazish qobiliyati ko‘proq va mutlaqo xavfsiz bo‘ladi hamda u zamonaviy shamollatish va yoritish tizimi bilan ta'minlanadi. U qurilib bo‘lingach, hozir foydalanilayotgan tunnellardan zaxira yo‘lagi sifatida foydalaniladi.
Mavzuga oid
00:34 / 12.07.2026
Xitoy Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ishdan chiqaruvchi qurolini namoyish etdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
17:52 / 10.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi fojiali hodisalar yuzasidan Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi
17:31 / 10.07.2026