Amerikalik biologlar boş miyadagi saratoni ösmalarini yöq qiliş uçun herpes virusidan foydalaniş borasidagi klinik sinovlarni muvaffaqiyatli yakunlaşdi: tajribalarning körsatişiça, bunday davolaş usuli inson uçun mutlaqo xavfsiz, deyiladi Clinical Cancer Research jurnalida naşr etilgan ilmiy maqolada.

«Biz sinovdan ötkazgan HSV1716 virusi, öz tuzilişi bilan teri saratonini davolaşda foydalaniş uçun allaqaçon ma'qullangan T-Vec virus preparatiga juda öxşaş. Onkolitik viruslar ulkan davolaş salohiyatiga ega, bir vaqtning özida faqat ösma hujayralariga hujum uyuştirişga möljallangani uçun minimal zaharlovçi samaraga ega bölişadi», — deydi Kolambusdagi Ohayo universiteti olimi Timoti Krayp.

Sönggi yillarda molekulyar biologlar va tibbiyotçilar saraton, allergiya, diabet va boşqa davolab bölmas kasalliklarga qarşi kuraşişda immunoterapiyadan alohida umid qilişmoqda. Bu usul mohiyatan juda jön — olimlar turli aksiltana, tirik mikroblar va boşqa bir qator ğayrioddiy «xörak»lar vositasida inson immunitetini saraton hujayralariga qarşi «qayraşmoqda».

Saratonga qarşi kuraşning istiqbolli usullaridan biri — saraton hujayralari içiga kirib, immun tizimining diqqatini jalb qilib, ularni zaiflaştiruvçi yoki yöq qiluvçi maxsus geni modifikatsiyalangan viruslardan foydalaniş hisoblanadi. Bu viruslarning bir qator noyob ustunliklari bor — ularni operatsiya qilib bölmaydigan ösmalarga kiritiş mumkin hamda ular soğlom hujayralarga tegmaydi, çunki soğlom hujayralar içida bölina olişmaydi.

Kreypning aytişiça, T-Vec’ning yaratilişi va uning dastlabki sinovlari körsatmoqdaki, ba'zi bir holatlarda bu viruslar soğlom neyronlar içida yaşirinib, çarçoq, şamollaş va boşqa salbiy holatlar hosil qilişi mumkin. Bularning barçasi virusoterapiyani olib taşlab bölmaydigan ösmalar — glioma va boş miyadagi paydo bölgan boşqa xatarli şişlarni davolaş imkoniyatini şubha ostiga keltirib qöydi.

Bu muammoni hal qiliş uçun olimlar AmGen korporsiyasi (T-Vec’ni işlab çiqqan) bilan hamkorlikda herpes virusining yangi turini yaratişdi, uning DNKsidan nafaqat soğlom hujayralar içida köpayiş imkonini beruvçi genlar hamda immun tizimi uçun virusning «körinuvçanligi»  olib taşlandi, balki neyronlar içida uning yaşovçanligini ta'minlovçi uçatkalar ham yöqotildi. 

HSV1716 deb nom olgan uşbu virusni Kreyp jamoasi sönggi bosqiçdagi boş miya, suyak töqimasi, muşaklar va buyrak saratoni bilan oğrib turgan töqqiz nafar köngilli — 8 yoşdan 30 yoşgaça bölgan uç bola va olti yigitda sinab körişgan.

Tajribaning körsatişiça, virus saraton hujayralariga muvaffaqiyatli kira olgan va töqqiz holatning oltitasida ösmadan taşqarida köpayiş bilan boğliq surunkali infeksiyalar va boşqa salbiy oqibatlar keltirib çiqarmagan.

Olimlarning qayd etişlariça, biror bir holatda ösmalarning ösgani qayd etilmagan, mijozlardan birida esa saraton hujayralarining ommaviy qirilişini keltirib çiqargan, bu holat biologlarni HSV1716 bilan tajribalarni klinik şaroitlarda davom ettirişga undagan.

Hozirça virus ösmalarni yöq qilişga qodir yoki qodir emasligini töla aniq emas, çunki tajribalar juda qisqa vaqt ötkazilgan va bir neça haftadan söng kimyoviy terapiya qayta ötkazilişi uçun töxtatilgan. Nima bölganda ham, Kreyp va uning hamkasblari herpes virusining uşbu versiyasi öz oldiga qöyilgan vazifani T-Vec’dan yomon bajarmaydi, boz ustiga, boş miya va boşqa asab töqimalari uçun yanada xavfsiz, deb hisoblaşmoqda.