Jahon | 00:26 / 13.05.2017
6773
1 daqiqa o‘qiladi

Oq uy: Tramp yahudlar va musulmonlarni terrorchilikka qarshi birlashtirishga urinib ko‘radi

Foto: REUTERS/Carlos Barria

AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi general Gerbert Makmaster Tramp yahudlar, musulmonlar va xristianlarni terrorchilikka qarshi birlashtirishga urinib ko‘rishini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

Makmasterning ta'kidlashicha, Tramp Saudiya Arabistoni, Isroil va Italiyaga tashrifi vaqtida xalqaro xavfsizlik muammosiga alohida e'tibor qaratadi. 

"Tramp Amerika va Isroilning buzilmas aloqasini tasdiqlaydi", deb aytdi Makmaster va Tramp shuningdek Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan ham uchrashishini qo‘shimcha qildi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid