Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada erkak ikki farzandi bilan avtomobil yuvish shoxobchasidagi kichik bir xonada yashamoqda
Ostona shahridagi avtomobil yuvish shoxobchalaridan biridagi xona ikki yildan beri erkak va uning ikki farzandi uyiga aylangan. Erkak shoxobchada ishlaydi va kuniga 1-3 ming tenge atrofida pul ishlab topadi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.

Isatoy Taumashev 12 yoshli o‘g‘li Akniyet va 7 yoshli qizi Inobat bilan yashaydigan kichik xonaga yo‘l avtomobil yuvish shoxobchasi mijozlarining kutish xonasi orqali o‘tadi.

Bu yerda doimiy ravishda televizor ishlaydi. Shoxobchaga tashrif buyurganlar odatda, mashinalarini yuvib bitirishlarini divanchada kutib o‘tirishadi.

Kechga borib mijozlar soni kamayadi, Isatoy uchun bu bolalar bilan birga vaqt o‘tkazish uchun imkoniyat.

Erkakning so‘zlariga ko‘ra, ular bu yerda ikki yildan beri yashamoqda. Shoxobcha egalari ularga kichik xonada joylashishga ruxsat berishgan.



"Avvaliga kvartirada yashadik, u yerda ijara pulini to‘lashda muammolar yuzaga keldi, 2015 yilning yanvarida esa shu yerga ko‘chib keldik, shoxobcha egalariga vaziyatni tushuntirdik, ular hammasini to‘g‘ri tushundi", - deydi erkak.

U o‘zining sobiq turmush o‘rtog‘i bilan rasman ajrashgan.

Barcha uch kishi bu xonada yashaydi va yerda uxlaydi. Isatoy farzandlari maktabga qatnaydi hamda faqat a'lo baholarga o‘qishadi.

7 yoshli Inobat shifokor bo‘lishni orzu qiladi.

12 yoshli Akniyet esa hali bu borada aniq qarorga kelmagan. "O‘g‘limning o‘qituvchisi aytishicha, u o‘qishni xohlasa faqat 4 va 5 bahoga o‘qiydi. O‘ylashimcha, muammo shundaki, u maktabdan kechki soat 7 dan so‘ng keladi, ovqatlangunicha soat 8 bo‘ladi, so‘ng dars qilishga tushadi. Mijozlar esa devor ortida televizorni baland ovozda qo‘yib ko‘rishadi. U diqqatini bir joyga jamlay olmaydi", - deya ta'kidlaydi erkak.

Isatoyning so‘zlariga ko‘ra, ular faqatgina uning puliga yashashadi. "Har xil vaziyat bo‘ladi: ba'zi ikki-uch ming, ba'zida kuniga ming tenge, ba'zida esa umuman yo‘q. Oyiga 60-70 ming chiqadi", - deydi u.

Isatoy kvartira olishni juda istaydi. U “to‘la bo‘lmagan oila” maqomi bo‘yicha navbatga ham turgan. Aytishicha, hozirda uning o‘rni - 18 972. "Yaqinda navbat kelib qoldimikan, deb qiziqib ko‘rdim. Ma'lum bo‘lishicha, 186 kishiga. Menga kishilar aytadi: "Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, keksayib qolgunga qadar shunday o‘tirishing mumkin, bolalar katta bo‘lganda esa, sen umuman hech narsasiz qolasan". Boshqalar esa, ba'zilar kvartira olish uchun atayin ajrashishi haqida gapirishadi", - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashadi Isatoy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, turli davlat idoralariga borgan, ularga vaziyatni tushuntirmoqchi bo‘lgan, vaqtinchalik uy taqdim etishni so‘ragan. Biroq, uning aytishicha, u yerda hech kim yordam bera olmagan.

"Hokim Isekeshevning oldiga kirmoqchi bo‘ldim, biroq buni uddalay olmadim. Menga xat yuboring, deyishdi. Bu fevralda edi, ular menga xatni qabul qilib olishgani haqida javob yozib yuborishdi. Biroq haligacha hech qanday sado yo‘q. Ulardan qachon javob berasizlar, deb so‘rasam, senga elektron pochta orqali yuborganmiz, deyishdi. Menda elektron manzil bo‘lmasa, xatni qanday qabul qilib olaman? Ma'lum bo‘lishicha, xatim Isekeshevga emas, balki uning o‘rinbosariga kelib tushgan", - deya hikoya qiladi erkak.

"Hokim o‘rinbosari meni qabul qilib, vaziyatni tushunishi, biroq hech qanday yordam bera olmasligini aytdi. Keyin esa menga qo‘ng‘iroq qilib, uy-joy departamentiga yozdirib qo‘yishganini aytishdi, xursand bo‘ldim, va nihoyat kvartira berishadi, deb o‘yladim. Biroq u yerda ham yordam bera olmasliklarini aytishdi", - deya ta'kidlaydi u.

Isatoy farzandlari bilan kechki ovqatda chuchvara iste'mol qiladi.

Uning aytishicha, ba'zida notanish kishilar unga oziq-ovqat va pul bilan yordam berishadi. Bolalarga shirinliklar olib kelishadi.

Bir mijozning rafiqasi esa unga juda qimmatli sovg‘a qilgan, endilikda uni ro‘molchaga o‘ragan holda saqlamoqda.

U bu kitobda ko‘plab savollarga javob oladi va shuning uchun umidsizlikka tushmaydi.

"Hayotda nimalar bo‘lmaydi", - deydi erkak.


Uning aytishicha, rafiqasi aliment to‘laydi. U bu pullarni bolalarning qo‘shimcha mashg‘ulotlariga sarflaydi.

Akniyet o‘qishdan tashqari, basketbol o‘ynashni ham yoqtiradi.


Bu vaqtda esa Isatoyning hamkasblari mashina yuvish bilan ovora.

Ota qizi bilan televizor ko‘rmoqchi.

Xona bo‘sh bo‘lganda Akniyet unda basketbol to‘pi bilan mashqlar qilishga ham ulguradi.


Mavzuga oid
19:52 / 21.04.2026
Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi boshlandi
19:12 / 05.03.2026
Qozog‘istonda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ekologik sammiti bo‘lib o‘tadi
09:42 / 23.01.2026
Ostona va Samarqand o‘rtasida aviareyslar soni ko‘payadi
17:11 / 22.06.2025