Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Si Tszinpin: O‘zbekiston – Xitoyning yaqin va muhim qo‘shnisi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning Butunxitoy xalq vakillari kengashi binosida ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Si Tszinpinning aytishicha, O‘zbekiston – Xitoyning yaqin va muhim qo‘shnisi. O‘zbekiston va Xitoy o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yili davomida rivojlanishning ajoyib ko‘rsatkichlariga erishishdi va strategik sheriklikning ko‘p tomonlama munosabatlarini yaratishdi. Ular samimiy o‘zaro ishonch, o‘zaro manfaat bo‘yicha yo‘lga qo‘yilmoqda.
Xitoy O‘zbekiston bilan do‘stlikni rivojlanishi uchun sa'y-harakatlarni yo‘naltirmoqda. Tomonlarga bir-birini qator masalalarda qo‘llab-quvvatlash lozim. Shuningdek, doimiy ravishda siyosiy va strategik o‘zaro ishonchni mustahkamlab borish va chuqurlashtirish kerak. Xitoy, shuningdek, O‘zbekiston bilan xalqaro munosabatlar, Markaziy Osiyodagi vaziyat, ShHTning rivoji kabi masalalarda qalin aloqalarni saqlab qolish va ularni muvofiqlashtirish niyatida, degan XXR raisi.
Bundan tashqari, Si Tszinpinning ta'kidlashicha, O‘zbekiston boshqa davlatlardan avval “Kamar va yo‘l”ni qo‘llab-quvvatladi va uning tashkil etilishida ishtirok etdi, hamda tomonlar bu tashabbus doirasida hozirdanoq jiddiy muvaffaqiyatlarga erishishdi.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
10:15 / 17.06.2026