Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy raisi: Ummonlar ham suv qatralaridan iborat bo‘ladi
Si Jinping yakshanba kuni mamlakatga tashrif buyurgan mehmonlar sharafiga uyushtirilgan kechada o‘z nutqini qadimgi donishmandlar so‘zlari bilan boshladi va "ummonlar suv qatralaridan boshlanishi"ni ta'kidladi.
"Belbog‘ va yo‘l qurilishi - bu bizning tinchlik va xotirjamlikka bo‘lgan intilishimiz. U mamlakatlarni yanada jipslashtiradi", - dedi XXR raisi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hamjamiyat birgalikda rivojlanishni maqsad qiladi.
Xitoy prezidenti Si Jinping barchani «Bir makon, bir yo‘l» hamjamiyatini qurishda o‘zaro muvofiqlashib ish tutishga chaqirdi va birgalikda farovon tizimni yo‘lga qo‘yishga va'da berdi.
Shuningdek u Xitoy mazkur do‘stona hamjamiyatni qurishda "makon va yo‘l"dagi barcha mamlakatlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.
Si Jinpingning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy ushbu hamjamiyatning ishtirokchi-mamlakatlari bilan o‘zaro foydali savdo-iqtisodiy hamkorlikni faol rivojlantiradi.
Ta'kidlash joizki, 14-15 may kunlari Xitoyda o‘tkazilayotgan forumda 29 mamlakatning davlat rahbarlari va yuzlab amaldorlar qatnashmoqda.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026