Jahon | 00:10 / 14.05.2017
34355
2 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In dunyoning eng katta stadionida harbiy quruvchilarni to‘pladi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Koreya xalq armiyasining qurilish sohalari faollari bilan uchrashdi. Bu haqda Shimoliy Koreyaning Koreya markaziy telegraf agentligi ma'lum qildi. Xabarda harbiy quruvchilar "chuchxe g‘oyasiga asoslangan, arxitektura san'atining kelajagini ko‘rsatuvchi ko‘plab mahobatli imoratlarni qurishgani" aytilgan. 

Ushbu uchrashuvdan olingan suratlardan ko‘rinishicha, uchrashuv dunyodagi eng katta stadion hisoblanuvchi, Pxenyandagi Birinchi may nomidagi Ninnado stadionida bo‘lib o‘tgan. Quruvchilar ulkan stadion tribunalarining bir qismini egallashgan. Shimoliy Koreya rahbarining o‘zi esa harbiy amaldorlar bilan yugurish yo‘lakchasida turganini ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari, Kim Chen Inning Shimoliy Koreya qurolli kuchlari vazirligi tomondan tashkil etilgan buyumlar va materiallar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirgani suratlari ham chop etilgan. 

Ma'lum qilinishicha, ko‘rgazmada 550 turdagi materialdan tayyorlangan 131 620 ta qurilish buyumi namoyish qilingan. 

Suratlar manbasi: KCNA 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid