Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Yaponiyaning ijtimoiy ta'minot muassasalariga ishga joylashtiriladi
2017 yilning 13 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligida Yaponiya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mehnat vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Delegatsiya tarkibi Chuo Sangyo Shinko Assotsiatsiyasi direktori Kazumi Maeda, «Three Concier Co. Ltd.» prezidenti Xaruki Komine, «Kinunokai» ijtimoiy ta'minot korporatsiyasi direktori Masao Otani, «Medical Brain Co. Ltd.» prezidenti Xirokazu Kimura, «Wolf Arden» ijtimoiy ta'minot korporatsiyasi menejyeri Xidemichi Ota va «PRIEM» ijtimoiy ta'minot korporatsiyasi menejyeri Tatsuki Kimuralardan iborat.
Uchrashuvda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentlik rahbari X.Asomov ishtirok etdi. Unda tomonlar O‘zbekiston fuqarolarini yirik yapon kompaniyalarining ijtimoiy ta'minot muassasalariga jalb qilish, Farg‘ona viloyatida Yaponiyada ishlash uchun Kadrlarni tayyorlash markazining ochilishi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda yapon kompaniyalari o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolarini Yaponiyada ishlashga jalb qilishga doir Memorandumning imzolanishi masalalarini muhokama qilishdi.

Uchrashuv davomida mehnat vaziri A.Abduhakimov O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida o‘zaro ishonch, ochiqlik va hurmatga asoslangan muloqot o‘rnatilganini ta'kidladi.
Mehnat vaziri mehmonlarga vazirlik faoliyati, rivoji va O‘zbekiston mehnat bozori salohiyati, ikki xalq mentalitetining o‘xshash jihatlari haqida batafsil ma'lumot berdi, shuningdek ko‘nikma va tajribalarni kengaytirish istagini bildirdi.
O‘z navbatida, Yaponiya tomon mazkur uchrashuv uchun minnatdorchiligini izhor qildi. Kazumi Maeda o‘z nutqi davomida o‘zbekistonliklarni Yaponiya mehnat bozori ehtiyojlari bilan tanishtirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Yaponiyada tibbiy xodimlarga ehtiyoj mavjud va 2017 yilning noyabr oyigacha yaponiyaliklar 35 nafar, yil davomida esa mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosini ijtimoiy ta'minot muassasalariga ishga joylashtirishga tayyor.

Nomzodlarni tanlash jarayoni O‘zbekiston Mehnat vazirligi qoshidagi Tashqi migratsiya agentligida o‘tkaziladi.
Tashrif dasturi doirasida Yaponiya delegatsiyasi Toshkent shahridagi qator kollejlar va "Saxovat" qariyalar uyida bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:44
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
10:15
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
18:57 / 15.06.2026