Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi Xitoy bilan 2 mlrd dollarlik kelishuv imzoladi
O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va Xitoy Davlat taraqqiyot banki loyihalarni birgalikda moliyalashirish bo‘yicha 2 mlrd dollarlik kelishuv imzoladi. Bu haqda jamg‘arma ijrochi direktori o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev ma'lum qildi.
Kelishuv O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Pekinga davlat tashrifi doirasida imzolandi.
Vafoyevning ta'kidlashicha, mablag‘lar strategik investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘llanadi. Jumladan, bu mablag‘lar hisobiga infratuzilma, energetika, avtomobil va temir yo‘llarni rivojlantirish, irrigatsiya va drenaj tizimlarini modernizatsiyalash bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi.
Vafoyevning fikricha, bu loyihalarning amalga oshirilishi ishlab chiqarish quvvatlari va xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishiga ko‘mak beradi.
Mavzuga oid
00:34 / 12.07.2026
Xitoy Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ishdan chiqaruvchi qurolini namoyish etdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
17:52 / 10.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi fojiali hodisalar yuzasidan Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi
17:31 / 10.07.2026