Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh davlat departamenti "Bashar Asad tuzumi jinoyatlari" haqidagi yangi ma'ruzani chop etdi
AQSh davlat departamenti Suriya prezidenti Bashar Asad tuzumi jinoyatlari haqida yangi ma'ruza chop etdi. Ma'ruzaning asosiy bandlarini matbuot-anjumanda davlat departamenti boshlig‘i yordamchisi vazifasini bajaruvchi Styuart Jons o‘qib eshittirdi.
Jonsning aytishicha, oxirgi 6,5 yildan beri davom etayotgan Suriyadagi fuqarolik urushi davomida hukumat "xalqaro huquqning ko‘plab me'yorlarini, jumladan qurolli ixtiloflar olib borish me'yorlari va inson huquqlarini ko‘plab marta buzgan".
Jons Vashingtonning Suriya hukumatiga nisbatan fikri o‘zgarmaganini ta'kidlab o‘tdi va Asad tuzumi tinch aholini bombardimon qilishlarda, jumladan kimyoviy qurol qo‘llagan holda, sud qilmasdan qatl etishlar va muxolifat vakillarini turmalarga tiqish kabilarda aybdorligini aytdi.
Jonsning aytishicha, Suriya hukumati Saydnay turmasida mahbuslarning qatl etilishlarini yashirish maqsadida krematoriy tashkil etgan. U Suriyadagi zo‘ravonlikni to‘xtatish uchun Rossiyani Asad tuzumiga o‘z ta'siridan foydalanishga chaqirdi.
Davlat departamenti o‘z ma'ruzasida huquqni himoya qilish tashkilotlari va AQSh razvedkasi ma'lumotlariga tayangan.
G‘arb Asad hukumatini tinch aholiga qarshi harbiy jinoyatlarni amalga oshirishda ayblab keladi. Fevral oyida Amnesty International huquqni himoya qilish tashkiloti Suriya hukumati Saydnay turmasida 2011 yildan 2013 yilgacha davr ichida 5 mingdan 13 minggacha kishini qatl etgani haqidagi ma'ruzani chop etgandi. Damashqda bu ma'lumotlar haqiqatga mos kelmasligi aytilgan.
Moskva Damashqqa qo‘yilayotgan isbotsiz ayblovlarga qarshi chiqmoqda va tinch aholiga qarshi zo‘ravonlik qo‘llash bilan bog‘liq barcha voqealarni sinchkovlik bilan tergov qilishga chaqirmoqda.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
16:20 / 29.04.2026
Denovda «Shakki» laqabli zo‘ravon bir yigitni urib o‘ldirgani aytilmoqda
17:40 / 25.04.2026