Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CASA-1000 mintaqaviy energetika loyihasini qaysi davlat kompaniyasi amalga oshirishi ma'lum
Afg‘oniston energetika va suv ta'minoti vazirligi CASA-1000 mintaqaviy energetika loyihasi bo‘yicha ishlar yaqin orada boshlanishi haqida ma'lum qildi. Uni amalga oshirish bo‘yicha tenderda Hindiston kompaniyasi g‘olib chiqqan, deb xabar bermoqda Afg‘on telegraf agentligi.
Vazir o‘rinbosari Abdul Basir Azimiy tegishli bayonot bilan o‘tgan haftada chiqish qilgan. Afg‘onistonning «Breshna» energoholdingi rahbari Qudratulla Delavariyning xabar berishicha, loyiha bo‘yicha yakuniy kelishuv ishtirokchi davlatlarning Tojikistonda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvida imzolanishi kutilmoqda, deb xabar berdi «Ariana-TV» telekanali.
Avvalroq Jahon banki Afg‘oniston hududidagi ishlarni moliyalashtirishga tayyorligini bildirdi. Ular orasida elektr uzatish liniyasining 562 kilometrlik qismini qurish bor. Uning qiymati 404 million dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
10:10 / 04.04.2026
Hindiston O‘zbekistonda bodomzorlar tashkil etadi
21:22 / 03.04.2026
O‘zbekistonda yana yer qimirladi
15:19 / 02.04.2026
Bir milliarddan ortiq aholi, uch million amaldor, 33 ta savol - Hindistonda aholini ro‘yxatga olish boshlandi
08:30 / 02.04.2026