Jahon | 23:47 / 15.05.2017
6844
2 daqiqa o‘qiladi

Istanbullik erkak qochqinlar bilan mushtlashuvda halok bo‘ldi

Turkiya fuqarosi Ramazon Shaxin istanbulliklar hamda afg‘onistonlik va suriyalik qochqinlar o‘rtasidagi mushtlashuv vaqtida pichoq sanchishdan olingan jarohatdan vafot etdi, deb xabar bermoqda Hurriyet nashri.

Turkiyaga oxirgi yillarda Suriya va Iroqdan 3 mln ga yaqin qochqin kelgan. Turkiyaning 10 ta viloyatida suriyaliklar uchun 20 dan ortiqroq chodirli lagerlar va konteynerlardan iborat shaharchalar qurilgan. U yerda maktablar bor, odamlar tegishli tibbiy yordam, oziq-ovqat bilan ta'minlanganlar. Biroq bu lagerlarda barcha qochqinlarning faqatgina beshdan bir qismigina joylashgan, qolganlar esa mamlakatning turli shaharlariga tarqalib ketgan. Bu esa ba'zida mahalliy aholi va qochqinlar o‘rtasida nizolarga olib keladi.  

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bir necha o‘n kishi ishtirokidagi mushtlashuv 14 may kuni kechki payt bir guruh suriyalik va afg‘onistonlik qochqinchlar Istanbulning Sultongazi tumanida mahalliy ayolni haqorat qilgandan keyin boshlangan. Mushtlashayotganlarni ajratishga uringan Shaxin pichoqdan olingan jarohatdan shifoxonada vafot etgan.   

Mahalliy aholi va qochqinlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar 15 may kuni, Shaxin janozasidan keyin ham davom etgan va politsiya aralashuvidan keyingina to‘xtagan. Politsiya olomonni tarqatish uchun maxsus vositalar qo‘llashiga to‘g‘ri kelgan. Shu voqeadan keyin tumanda keskinlik saqlanib qolmoqda. 

Mahalliy aholining aytishicha, Sultongazida jinoyatchilik bilan bog‘liq vaziyat qochqinlar paydo bo‘lgandan keyin yomonlashgan hamda mahalliy aholi va qochqinlar o‘rtasida to‘qnashuvlar muntazam yuz berib turadi. 

Mavzuga oid