Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La-liga. «Real» va «Barselona» bir xil hisobda g‘alaba qozondi
Ispaniya chempionatining 37-turidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar nihoyasiga yetdi. «Real» va «Barselona» o‘z raqiblarini bir xil hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
«Real» o‘z uyida «Sevilya»ni qabul qilib, Krishtianu Ronalduning dubli, Xose Ignasio Nacho va Toni Kroos tomonidan kiritilgan gollar evaziga 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mehmonlarning yagona goliga Stevan Yovetich mualliflik qildi.
«Barselona» esa mehmonda «Las-Palmas»ni xuddi shunday hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Kataloniyaliklar tarkibida Neymar het-trikka erishgan bo‘lsa, yana bir golga Luis Suares mualliflik qildi. «Las-Palmas»dan esa Pedro Bigas gol kiritdi.
Ushbu turdan keyin «Barselona» va «Real» hisobidagi ochkolar soni 87taga yetdi va jamoalar qo‘shpeshqadamlikni davom ettirishmoqda. Biroq madridliklar hisobida bitta qoldirilgan uchrashuv borligini hisobga olsak, mavsum so‘nggi bosh sovrinni qo‘lga kiritish bo‘yicha ustunlik Zidan shogirdlarida deyish mumkin.
Ispaniya La-ligasi, 37-tur

Real Madrid – Sevilya 4:1 (2:0)
Gollar: 1:0 – 10 Nacho, 2:0 – 23 Ronaldu, 2:1 – 49 Yovetich, 3:1 – 78 Ronaldu, 4:1 – 84 Kroos.
Real Madrid: Navas, Varan, Nacho, Ramos, Danilo, Kroos, Asensio, Kovachich (Modrich, 72), Xames (Kazemiro, 61), Morata (Vaskes, 61), Ronaldu.
Sevilya: Riko, Langle, Merkado, Parexa (Montoyya, 46), Karrisu, Vitolo, Kranevitter, Korrea (Diyego Gonsales, 89), Nzonzi, Kron-Deli (Ben-Yyedder, 89), Yovetich.
Ogohlantirishlar: Danilo (39), Morata (56), Merkado (69), Korrea (80), Nacho (80), Vaskes (83).

Las-Palmas – Barselona 1:4 (0:2)
Gollar: 0:1 – 25 Neymar, 0:2 – 27 Suares, 1:2 – 63 Bigas, 1:3 – 67 Neymar, 1:4 – 71 Neymar.
Las-Palmas: Varas, Lemos, Elder Lopesh, Masedo, Bigas, Boateng, Momo (Xalilovich, 72), Viyera (Kastelyano, 85), Mesa, Xese, Montoro (Santana, 78).
Barselona: ter Stegen, Umtiti, Alba, Din (Andre Gomesh, 58), Marlon, Rakitich (Denis Suares, 79), Buskets, Inesta, Neymar, Messi, Suares.
Ogohlantirish: Din (6).
Betis – Atletiko 1:1 (0:0)
Gollar: 1:0 – 57 Sebalos, 1:1 – 66 Savich.
Betis: Adan, Petstselya, Durmisi (Martines, 87), Rafa Navarro, Bruno Gonsales, Marten (Sexudo, 68), Petros, Sanches (Matias Nauel, 90), Brashanats, Sebalos, Ruben Kastro.
Atletiko: Oblak, Savich, Filipe Luis (Torres, 64), Ximenes, Lyuka Ernandes, Saul, Gabi, Ferreyra Karrasko, Koke, Grizmann (Parti, 75), Gameyro (Gaytan, 64).
Ogohlantirishlar: Brashanats (28), Filipe Luis (36), Ximenes (42), Koke (55), Savich (60), Petros (66), Adan (67), Martines (90).
Alaves – Selta 3:1 (3:0)
Gollar: 1:0 – 5 Manu Garsiya, 2:0 – 18 Feddal, 3:0 – 37 Deyverson, 3:1 – 78, penalti Aspas.
Real Sosedad – Malaga 2:2 (1:1)
Gollar: 1:0 – 31, penalti Priyeto, 1:1 – 45 Ernandes, 1:2 – 75 Resio, 2:2 – 85 Bautista.
Vilyarreal – Deportivo 0:0 (0:0, 0:0)
Atletik – Leganes 1:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 14 Aduris, 1:1 – 61 Shimanovski.
Eybar – Sporting Xixon 0:1 (0:1)
Gol: 0:1 – 32 Burgi.
Espanol – Valensiya 0:1 (0:0)
Gol: 0:1 – 75 Gayya.
Osasuna – Granada 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 24 Mondragon, 1:1 – 41 Ramos, 2:1 – 75 Kodro.
Mavzuga oid
02:24 / 12.01.2026
«Barselona» finalda «Real»ni yengib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi
12:00 / 08.01.2026
«Siti»da g‘alabasiz seriya, «Barsa» javobsiz 5 ta gol urdi. Kun o‘yinlari
12:27 / 22.12.2025
«Barsa» qishki chempion, «MYu» yana yutqazdi. Kun o‘yinlari
22:17 / 16.12.2025