MXX Toshkentda merosni rasmiylashtirish uchun 3 ming dollar talab qilgan notariusni qo‘lga oldi
O‘zbekistonda notariat tizimini isloh qilish davom etmoqda, u shaffoflik va tizim ishi samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan. Faqatgina so‘nggi bir necha yil davomida qator muhim hujjatlar qabul qilindi, ular davlat notarial idoralari ishini jiddiy takomillashtirish imkonini yaratdi. Shu bilan birga, aholining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha faol axborot kampaniyasi o‘tkazilmoqda. Biroq, jamiyatdagi bu ilg‘or tendensiyalarga qaramay, notarial tizimda xizmat mavqeidan g‘arazli maqsadlarda foydalanayotgan shaxslar uchrab turibdi.
Podrobno.uz’ning xabar berishicha, kuni kecha O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari Bosh prokuratura qoshidagi soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash Departamenti xodimlari bilan birgalikda Toshkentdagi notarial idoralardan birining xodimini poraxo‘rlik uchun qo‘lga olishdi.
Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 3-raqamli davlat notarial idorasi notariusi 46 yoshli Saidazim Boqiyev fuqaro «K.R.»dan 3 ming AQSh dollarini tamagirlik yo‘li bilan olmoqchi bo‘lgan.
Boqiyev bu summani poytaxning Uchtepa tumanida joylashgan va qarindoshi tomonidan meros sifatida qoldirilgan kvartirani uning singlisi nomiga notarial rasmiylashtirishda yordam berish uchun talab qilgan.
«Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, bugun merosni notarial rasmiylashtirish jarayoni murakkabligi tufayli, ba'zi notariuslar turli vajlar bilan bunday notarial xatti-harakatni amalga oshirishdan asossiz ravishda bosh tortishmoqda, bu ko‘rsatilgan sohaning vijdonsiz vakillariga noqonuniy pul mukofotini olish bilan shug‘ullanishga ijobiy sharoit yaratadi», - deya ta'kidlab o‘tdi MXX vakili.
Ayni damda Bosh prokuratura qoshidagi Departament S.Boqiyevga nisbatan JKning 210-moddasi (Pora olish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024