16 iyul kuni keçga yaqin Toşkent şahrining Dörmon yöli va Ğazalkent köçalari kesişmasida uçta xizmat mototsikli iştirokida yöl-transport hodisasi röy berdi.
Avariya holati avtomobillardan birining videoregistratoriga yozib olingan.
Videoyozuvda köriş mumkinki, çorrahada avtomobillar va piyodalar harakati huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan tartibga solib turilgan. Qora rangli furgon va yana bitta şu rangdagi avtomobil katta tezlikda ötib ketgandan söng, yöl oçilib, harakatlanişga ruxsat berilgan. Svetoforda yaşil çiroq yongan va yengil avtomobillar harakatlanişni boşlagan.
Onix rusumli avtomobil çorrahaga çiqişi bilan yonma-yon kelayotgan ikkita mototsikl, ularning ortidan yana bittasi katta tezlikda kelib unga urilgan. Töqnaşuv oqibatida yengil avtomobil yonib ketgan va qarama-qarşi yölda kelayotgan boşqa avtomobillar bilan töqnaşgan.
Tarmoqda töqnaşuv oqibatlari aks etgan videolar ham tarqalgan.

YTH sodir bölgan hududda harakat vaqtinça töxtatilgan, oqibatlar bartaraf etilgaç, yöl oçilgan.
Yöl harakati xavfsizligi xizmati mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi. Unga köra, patrullik mototsiklini boşqarib kelgan YPX xodimlaridan biri voqea joyida vafot etgan.
Şuningdek, tan jarohati olganlarga tibbiy yordam körsatilayotgani aytilgan, ammo ularning soniga aniqlik kiritilmagan.
Videolardan köriş mumkinki, YTH oqibatida kamida uçta yengil avtomobil şikastlangan – uşbu avtomobillarda bölganlarning ahvoli böyiça aniq ma’lumot yöq.
Şu bilan birga, bayonotda mazkur avariya kortej kuzatuvi vaqtida sodir bölgani töğrisidagi xabarlar yolğon ekani ta’kidlangan.
«Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur YTH kortej kuzatuvi vaqtida sodir bölgani töğrisida notöğri talqin kuzatilmoqda. Tarmoq vakillarida asoslantirilmagan xabarlarni tarqatmasliklarini söraymiz», – deyiladi xabarda.












