Jahon | 15:35 / 15.05.2017
9696
2 daqiqa o‘qiladi

Putin kiberhujumlarni AQSh maxsus xizmatlari bilan bog‘ladi

Foto: RIA "Novosti"


Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, Rossiya “tovlamachi-virus” kiberhujumi natijasida jiddiy zarar ko‘rmadi hamda Moskvaning ro‘y bergan hodisaga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu haqda Gazeta.ru xabar bergan.

“Biz uchun zarar juda katta bo‘lmadi. Bank, sog‘liqni saqlash, boshqa sohalar uchun”, - dedi davlat rahbari kiberhujum Rossiyaga qanchalik talofot keltirdi, degan savolga javob berarkan.

Putinning ta'kidlashicha, kibermakonda bunday hujumlar ro‘y beradigan vaziyat “juda xavotirli, tashvishga sabab bo‘luvchidir”.

“Microsoft rahbariyati bu hujumning birlamchi manbasi Qo‘shma Shtatlar maxsus xizmatlari ekanini aytdi, Rossiyaning bunga aloqasi yo‘q”, - deya qo‘shimcha qilgan Rossiya prezidenti.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, bu vaziyat haqida “har doim aybdorlarni, ular bo‘lmagan joydan qidirishadi”, deyish mumkin ekan.

“Butilkadan chiqariluvchi shunday jinlar, hattoki o‘z mualliflari va yaratuvchilariga ham zarar keltirishga qodir”, - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Shuningdek, uning aniqlik kiritishicha, 2016 yilda Rossiya amerikalik sheriklarga kiberxavfsizlik bo‘yicha kelishuv ishlab chiqishni taklif qilgan, biroq yakunda hech narsa qilinmadi. Shu bilan birga, Putinning bunday hujumlardan himoya tizimini ishlab chiqish lozimligiga ishonchi komil.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid