Jamiyat | 21:20 / 15.05.2017
22323
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada o‘zbekistonliklar o‘tirgan «Neksiya» ag‘darilib ketdi

Foto: Versiya-Saratov

14 may kuni Rossiyaning Saratov viloyati Fyodorovskiy tumanida yo‘l-transport hodisasi yuz berishi oqibatida 5 kishi jabrlandi.

Mahalliy nashrlarning yozishicha, Mulino qishlog‘i yaqinida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan 5 kishi o‘tirgan «Deu Neksiya» avtomobili ag‘darilgan.

Jabrlanuvchilarning 3 nafari (42, 38 va 20 yoshlarda) o‘rta darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan, shifokorlar ularning ikki nafarini tuman kasalxonasiga olib ketgan, yana bir kishi Saratov viloyat klinik kasalxonasiga yetkazilgan. Qolgan ikki jabrlanuvchiga (21 va 28 yoshlarda) tibbiy yordam ambulatoriya sharoitida ko‘rsatilgan, ularga uyga ketishga ruxsat berilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid