15 may kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Bir makon — bir yöl» xalqaro forumi doirasida ötkazilgan davra suhbati uçraşuvda nutq sözladi. Prezident öz nutqida «Bir makon — bir yöl» konsepsiyasini aniq dastur va loyihalar bilan töldiriş muhimligiga urğu qaratdi. Davlat rahbari sözlari prezident matbuot xizmati tomonidan keltirilgan.
«Mintaqada transport, savdo, investitsiyalar, energetika va yuqori texnologiyalar sohasidagi yirik loyihalar amalga oşirilişi uçun hudud boyliklari, işlab çiqariş va inson resurslari qöl keladi», — deydi Özbekiston prezidenti.
Uning sözlariga köra, yana bir muhim masala Markaziy Osiyoni Rossiya hamda Xitoy orqali Yevropa hamda Janubiy, Janubiy-Şarqiy Osiyo mamlakatlari bilan boğlovçi transport-logistika marşrutlarini tuziş böyiça hamkorlik dasturini işlab çiqiş hisoblanadi.
«Bizningça, «Bir makon, bir yöl» transport yölagi tarmoğini «Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston-Afğoniston» temir yöl magistrali bilan birlaştiriş va Hind okeanidagi Pokiston hamda Eron portlariga çiqiş mumkin böladi», — deya qayd etgan davlat rahbari.
Prezident transport-kommunikatsiyalar yölagini rivojlantiriş bilan bir qatorda yuqori texnologiyalar sohasidagi hamkorlik loyihalarini amalga oşiriş böyiça iş olib boriş kerakligini ta'kidlagan.
«Bizning umumiy maqsadimiz «Ipak yöli iqtisodiy mintaqasi» liniyasi böyiça birlaşgan sanoat texnoparklari, ilmiy-innovatsion klasterlar va erkin iqtisodiy hududlar taşkil etiş bölişi kerak deb hisoblayman. Biz şu maqsadda bunday loyihalarni amalga oşirişning samarali mexanizmlarini işlab çiqişda birgalikda harakat qilişni taklif etamiz», — deya qayd etgan prezident.
Özbekiston rahbari fikriga köra, «Ipak yöli iqtisodiy mintaqasi» taşabbusining samarali holda hayotga tatbiq etilişiga erişiş uçun «har qanday yöl bilan biznes hamjamiyatlari örtasida töğridan-töğri muloqotni rağbatlantiriş» talab etiladi.
Uning qöşimça qilişiça, «Ipak yöli iqtisodiy mintaqasi» taşabbusi nafaqat iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişga, balki «özaro madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlaşga, turizm sohasidagi ulkan imkoniyatlardan faol foydalanişga» qaratilişi kerak.
«Qayta tiklanayotgan Buyuk Ipak yöli böylab ming yillik boy madaniy tarixga ega Samarqand, Buxoro va Xiva kabi şaharlar joylaşgan», — degan Özbekiston prezidenti.
Şavkat Mirziyoyev XXR raisi Si Jinpingning taşabbusi bilan taşkil qilingan xalqaro forum ahamiyati haqida fikr bildirgan.


















