Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegram messenjerining kompyuter versiyasida ovozli qo‘ng‘iroqlar joriy qilindi
Telegram messenjeri o‘zining kompyuterlarga mo‘ljallangan versiyasida foydalanuvchilar uchun ovozli qo‘ng‘iroqlar funksiyasini ishga tushirdi. Yangi funksiya dasturning Windows, macOS va Linux operatsion tizimlaridagi versiyalarida joriy qilindi, deb xabar bermoqda vc.ru nashri.
Telegram’ning yangilanmasiga berilgan ta'rifda messenjer yordamida qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish "sun'iy ong yordamida muntazam takomillashtirib borilishi" aytilgan. Qo‘ng‘iroqlar xavfsizligini dasturning mobil versiyalaridagi shifrlash tizimi (jumladan emozilar ketma-ketligi orqali ulanish xavfsizligini tekshirish) kafolatlaydi.

Telegram’ning yangilangan versiyasida ovozli qo‘ng‘iroqlardan tashqari, emozi, stiker va animatsiyalashtirilgan GIF-tasvirlarga ega yon panel joriy qilindi. Panelni messenjerni butun ekranga yoygan holdagi ko‘rinishida faollashtirish mumkin. .

Telegram yangilanmasi chatlar ma'murlariga foydalanuvchilar xabarlarini o‘chirish, superguruhlar (5 minggacha ishtirokchiga ega guruhlar) egalariga foydalanuvchilarning "qora ro‘yxatini" boshqarish imkoniyatini berdi.
12 may kuni Telegram dasturchilari kompyuterlar uchun mo‘ljallangan dasturning alfa-versiyasi foydalanuvchilari uchun sinov rejimida ovozli qo‘ng‘iroqlarni ishga tushirishgandi. 30 mart kuni shifrlangan qo‘ng‘iroqlar messenjerning mobil versiyasi foydalanuvchilari uchun joriy qilingandi.
Mavzuga oid
13:35 / 19.01.2026
Telegram’dagi APK fayl tufayli fuqaro 55 mln so‘mdan ayrildi
15:27 / 17.01.2026
Roskomnadzor Telegram’ni qisman bloklamoqda
13:51 / 07.01.2026
FT: Rossiyada Telegram’ning 500 mln dollarlik obligatsiyalari muzlatib qo‘yilgan
13:34 / 02.01.2026