Jahon | 20:52 / 16.05.2017
7457
1 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi iyun oyida Markaziy Osiyoga keladi

Foto: Interfaks

BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish shu yilning iyunida Markaziy Osiyoga keladi. Bu haqda BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) rahbari Petko Draganov ma'lumot berdi.

«Iyun oyining birinchi yarmida BMTning yangi bosh kotibi Antoniu Gutterish Markaziy Osiyoda bo‘ladi», - deya qayd etgan Draganov.

«Bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining mintaqa millatlariga katta e'tiboridan va mavjud muammolarni hal qilishda yordam ko‘rsatishga tayyorligidan darakdir», -degan u.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid