BMT boş kotibi Antoniu Guterreş Rossiya va AQŞ örtasidagi munosabatlarni sovuq uruş vaziyatiga yaqin deya baholadi. "Anadolu" agentligi şu haqida xabar berdi. 

"Sovuq uruş"da vaziyatni töliq nazoratda uşlagan ikki buyuk davlat bölgan. Ikki öyinçi bölgan", - dedi Gutteriş BMT ştab-kvartirasida jurnalistlarning savollariga javob berar ekan. 

"Men juda xavotirdaman. Öylaşimça, biz sovuq uruş davridagi vaziyatga yaqinlaşdik", - deya ta'kidladi boş kotib.

Şu bilan birga, Gutteriş iqlimning özgarişi - insoniyat duç kelayotgan eng murakkab muammo ekanini qayd etdi. BMT boş kotibi 2017 yilda iqlim özgarişlari bilan boğliq tabiiy ofatlar natijasidagi iqtisodiy yöqotişlar rekord kölamga - 230 milliard dollarga  yetganini yodga soldi. Janubiy Osiyo mamlakatlarida musson yomğirlari 160 dan ziyod kişining ölimiga sabab böldi. Bundan taşqari, Afrikadagi oğir qurğoqçilikdan 900 ming kişi jabrlandi. 

BMT joriy yilning apreliga möljallangan KXDR va Janubiy Koreya iştirokidagi sammitni ma'qullaydi, dedi Gutteriş.

Uning sözlariga köra, ikki mamlakat örtasida Koreya yarim orolini yadroviy qurolsizlantiriş böyiça jiddiy muzokaralar zarur. Boş kotib sammit - mavjud muammolarni tinç yöl bilan hal qiliş imkoni ekanini qöşimça qildi.