Yadroviy qurolni qöllaş xavfi, xalqaro terrorizm, qurolli töqnaşuvlarning köpayişi, iqlimning özgarişi va ilmiy taraqqiyotning misli körilmagan asoratlari - insoniyat oldida turgan eng jiddiy xavf körinişlari hisoblanadi. BMT boş kotibi Antoniu Gutteriş Boş Assambleyaning 72-sessiyasida ana şunday bayonot bilan çiqdi.
"Biz - xalqlar va Birlaşgan Millatlar Taşkiloti jiddiy çaqiriqlarga yöliqmoqdamiz", - dedi u. "Odamlar azoblanmoqda va ğazabga tölmoqda. Ular xavfsizlik, tengsizlik, nizolarga doir vaziyat yomonlaşib borayotgani, iqlim özgarayotganini körişmoqda", - dedi Gutteriş.
Boş kotib bugungi kunda "dunyo qarama-qarşiliklarga töla ekan"ini qayd etib, BMT bilan hamkorlikda "işonçni qayta tiklaş va dunyoni yaxşi tomonga özgartiriş" mumkinligini ta'kidladi.
Yadroviy tahdid va terrorizm
Insoniyat uçun eng jiddiy xavf-xatarlar orasida Gutteriş yadroviy tahdidni birinçi örinda qayd etdi. BMT boş kotibining ta'kidlaşiça, "yadroviy qurolning qöllanilişiga aql bovar qilmaydi". Şu örinda u KXDRning raketa va yadroviy sinovlarini keskin qoraladi.
"Men KXDR va BMT tarkibiga kiruvçi mamlakatlarni Xavfsizlik Kengaşi (XK) rezolyutsiyalariga töliq amal qilişga çaqiraman", - dedi Gutteriş va XKga bu masalada birdamlikni saqlab qolişni sörab murojaat qildi.
Tahdidlar röyxatining ikkinçi qatorida Gutteriş xalqaro terrorizmni qayd etdi. U 2018 yilda jahon taşkiloti şafeligida birinçi marta ekstremistlarga qarşi ixtisoslaşgan idoralar rahbarlari bilan uçraşuv ötkazişini ta'kidladi. Boş kotibning sözlariga köra, bu "xalqaro terrorizmga qarşi yangi hamkorlikka asos soliş" imkonini beradi.
Nizolar va iqlim
Gutteriş eng jiddiy çaqiriqlar orasida şuningdek turli qurolli töqnaşuvlarning köpayiş xavfini alohida ta'kidladi. "Bugungi uruşlarda heç kim yutmaydi. Suriyadan Yamangaça, Janubiy Sudandan Saxelgaça, Afğoniston va boşqa yerlarda faqat siyosiy qarorlar bilangina tinçlikka erişiş mumkin", - dedi u.
"Özimizni aldaşga ne hojat?! Xaosni yuzaga keltirayotgan mojarolarni hal qilmas ekanmiz, terrorizmning ildizini yöq qila olmaymiz", - dedi Gutteriş. U Myanmadagi vaziyatga alohida e'tibor jalb qildi. "Myanma hukumati harbiy operatsiyalarni töxtatib, aholiga heç qanday tösiqlarsiz gumanitar yordam körsatişni ta'minlaşlari kerak. Şuningdek ular rohingyalarning noroziligiga e'tibor qaratişi lozim, ularning mavqei juda uzoq vaqtlardan buyon noaniq bölib kelgan", - dedi boş kotib.

















