Jahon | 16:53 / 16.05.2017
4286
1 daqiqa o‘qiladi

Ekvadorda 250 mln dollarlik kokain musodara qilindi

Foto: AP

Ekvador politsiyasi 5,53 tonna kokainni musodara qildi. Uning bozor narxi 250 mln dollarga baholanmoqda. Mamlakat ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, giyohvand modda Yevropaga jo‘natish uchun tayyorlangan. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Giyohvand moddalari savdogarlari va ularning yukini ushlash bo‘yicha maxsus amaliyot 12 may kuni o‘tkazilgan. Kokain Ekvadorning La-Libertad portidan dengizga chiqib, Panama kanali orqali Ispaniyaga yo‘l olgan kema bortida bo‘lgan. U Tinch okeanida portdan chiqqanidan ko‘p o‘tmay ushlangan. Kemaning ko‘pmillatli ekipaji a'zolari, shuningdek, jinoiy guruhga rahbarlik qilgan Ispaniya va Kolumbiya fuqarolari ham qo‘lga olingan. 

12 may kuni Germaniya bojxonachilari ham Ekvadordan keltirilgan bananlar solingan sovutgich konteyneridan 41 kgdan ortiq kokainni musodara qilgan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid