Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona organlari xodimlari tomonidan «Xavfsiz va soğlom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi navbatdagi tezkor operatsiya ötkazildi.

Ma’lum qilinişiça, Serra-Leone davlatidan yuborilgan kurerlik jönatmasini Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanidagi xususiy kurerlik xizmati orqali qabul qilib olmoqçi bölgan Yaşnobod tumanida yaşovçi, 1983 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxs uşlangan.

Tekşiruv davomida avtoehtiyot qismlari içiga yaşirilgan 728 gramm kokain borligi aniqlanib, giyohvandlik vositasi protsessual tartibda musodara qilindi.

Şuningdek, gumonlanuvçining yaşaş xonadoni közdan keçirilganda, zip-paketlarga joylangan kukunsimon moddalar hamda tarkibida narkotik moddalar mavjud bölgan şirinliklar aşyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan bölib, tergov harakatlari davom etmoqda.