23:14 / 16.05.2017
14009

«Xitoy Savdo» - sizning Xitoydagi ishonchli hamkoringiz

O‘zbekiston bozorida Xitoy uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lgan Xitoy Savdo - 2009 yilda Abdurashid Komil va Xia He Xin​ hamkorligida, Xitoy Xalq Respublikasining Zhejiang ​viloyati, Yiwu ​shahrida “Commodity​” kichik mollar bozorida tashkil topgan.

Bugungi kunda Xitoy asbob-uskunalarni ishlab chiqarishda dunyo miqyosida eng ilg‘or o‘rinlardan birini egallashi barchaga ayon. Xitoylik olim va muhandislarning tajribalari va sa'y-harakatlarining natijasi – zamonaviy va yuqori texnologik asbob-uskunalar. Xitoydagi texnika rivojlanishi, iqtisodiy jihatdan, samarali va ko‘p qirrali uskunalar va modernizatsiyalashtirish mashinalarini yaratishda katta imkon beradi.

Ayni paytda, Xitoy ishlab chiqarayotgan asbob-uskunalarning nafaqat arzon narxlari, balki ularning a'lo sifati jahon bozorlarida eng yuqori o‘rinlardan joy olishini ta'minlaydi. Shu sababli aynan Xitoydan turli hil sanoat uskunalarini O‘zbekistonga olib kelishga ham katta talab mavjud.

Xitoy Savdo kompaniyasi O‘zbekistondagi tadbirkorlarga barcha turdagi uskunalar, texnikalar, xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni Xitoydan yetib kelguncha bo‘lgan barcha jarayonlarni oson kechishiga yordam beradi. Xitoy Savdo kompaniyasi mutaxassislari katta tajribaga ega bo‘lib, uskuna va texnikalarni sotib olishda faqatgina ishlab chiqaruvchi va eng ishonchli kompaniyalar bilan hamkorlik qiladilar. Xitoyliklar bilan hamkorlik qilish alohida jihatlarga ega. Ularning tilini bilish, urf-odatlaridan xabardor bo‘lish lozim. Kompaniya rahbari Xia He Xin​ boshchiligida barcha mutaxassislar xitoyliklar bilan samarali hamkorlik olib borishga kafolat beradilar. Xitoy Savdo kompaniyasi Xitoydagi ishlab chiqarish sohasida uzoq yillar davomida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan kompaniyalar, yuqori malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash imkonini beradi.

Xitoy Savdo kompaniyasi barcha yuklar kerakli manzilga va o‘z vaqtida yetib kelishiga, hamda barcha sotib olingan, yetkazib beriladigan mahsulotlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar 100 foiz sir saqlanishiga kafolat beradi.

Bu kompaniya nafaqat uskunalarni O‘zbekistonga yetkazib berish bilan, bundan tashqari, Xitoydagi safaringizda sizga kompleks ravishda yordam ko‘rsatadi:

  • kompaniya vakili aeroportda kutib olishi
  • eng yaxshi va yuqori sifatli ishlab chiqarishga ega bo‘lgan tashkilotlar bilan bog‘lanish
  • sotib olingan yuklarni omborlarda saqlash, barcha yuridik hujjatlarni rasmiylashtirish
  • Xitoy kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazish kabi vazifalarni o‘z zimmasiga yuklaydi

Emailmalik0998@163.com

Veb-saytwww.xitoysavdo.com

Telefon: +8615657917175 (IMO va WhatsApp orqali bog‘lanishingiz mumkin)

Manzil: Xitoy Xalq Respublikasi Zhejiang ​viloyati, Yiwu ​shahrida “Commodity​” kichik mollar bozori

Reklama huquqi asosida 

Top