Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda tiriklayin ko‘milgan chaqaloq it tomondan qutqarib qolindi
Foto: The Sun
Xitoyning Tszyantszin shahrida hid bilish sezgisi yaxshi rivojlangan it shahardagi bog‘da tiriklayin ko‘milgan chaqaloqning hayotini qutqarib qoldi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
It egasi Yang Jaylining aytishicha, uning iti hovlidan qochib ketgach, u itini qidirishga tushgan. Ayol itni yaqinda olgan bo‘lib, u uchun qattiq xavotirlangan. It esa bog‘dagi butalar orasida old panjalari bilan yerni jon-jahdi bilan kovlayotgan holda topilgan.
"Uning hattoki og‘zi ham loy edi", deb aytmoqda Jayli.
Ayol yaqinroq kelib o‘rada oq choyshabga o‘ralgan chaqaloq yotganini ko‘rgan. Bolakay qimirlab, so‘ngra yig‘lab yuborgan.
Bolakay sovqotish va sekinlashgan puls bilan Vutan shifoxonasiga yetkazilgan. Shifokorlarning ta'kidlashicha, chaqaloq bor-yo‘g‘i bir oylik bo‘lgan. Hozirda u shifokorlar nazorati ostida qolmoqda va uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.
Tergovchilarning fikricha, bolaning oilasi uni o‘lik deb o‘ylab, ko‘mib yuborgan. Politsiya chaqaloqning oilasini qidirmoqda.
Mavzuga oid
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026
Buyuk Britaniya va Xitoy o‘zaro munosabatlarda «qayta tiklanish» davrini boshladi. Bu Trampga yoqmayapti
18:37 / 30.01.2026
O‘zbekiston Xitoydan mandarin va ananas importini vaqtincha taqiqladi
18:03 / 29.01.2026