Jahon | 00:00 / 16.05.2017
19766
2 daqiqa o‘qiladi

Latviyaliklar 100 yildan keyin yo‘q bo‘lib ketishlari mumkinligi aytildi

Foto: Reuters

Latviyada tug‘ilish va o‘limning joriy darajasi saqlanib qolsa, unda latviyaliklar millat sifatida muqarrar yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkilotining Rigadagi ofisi rahbari, demograf Ilmars Mejs Latvijas Avize nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Har yangi avlodda avvalgidan kamroq odam tug‘ilganda, bu cheksiz davom etishi mumkinmasligini anglash uchun mutaxassis bo‘lish shartmas. Latviya oxirgi 5 yil ichida 92 ming kishini yo‘qotdi, bu esa aholining 5 foizini tashkil qiladi. Bu ma'lumotlar asosida shuni prognoz qilish mumkinki, bizga taxminan 100 yil qoldi", deb aytmoqda mutaxassis. 

Uning aytishicha, Latviya mustaqilligi tiklangandan keyin 25 yil davomida tug‘ruq darajasi o‘lim darajasidan ancha kam bo‘lgan. 2016 yilda o‘lganlar soni tug‘ilganlar sonidan 7 ming nafar ko‘p bo‘lgan, bundan tashqari 10 ming latviyalik xorijiy davlatlarga migratsiya qilgan. 5-10 yildan keyin tug‘ruq darajasi yanada kamayib ketadi, chunki mamlakatda ota-ona bo‘lishi mumkin bo‘lganlar ancha kam bo‘ladi.

Mejsning ta'kidlashicha, bu holatni o‘zgartirish mumkin. "Agar har bir oilada juda bo‘lmasa ikki farzand, uch nafar bo‘lsa undan ham yaxshi, unda latviyaliklar soni 100 yildan keyin ham o‘zgarishsiz qoladi", deb aytmoqda mutaxassis.

Eurostat ma'lumotlariga ko‘ra, Latviya Yevropa Ittifoqida mamlakatni tark etuvchi aholi hamda o‘limlar soni bo‘yicha  2-o‘rinda turadi. 1-o‘rinni esa Litva egallamoqda.

Mavzuga oid